Ayolimdan mingdan ming noroziman
Assalomu Aleykum hazrat man yahshi niyatla bilan 1 yil oldin uylanganman lekin uylanibmanki hali hanuz halovatim yoq . ayolim uzini juda soliha qilib kursatib menga turmushga chiqqan lekin tuydan keyin 20kun utgach uni asl basharasi fosh buldi kechalari man uhlab yotganimdan foydalanib uzini jazmani bilan gaplashishini payqab qoldim shundan keyin man uni uydan haydadim lekin tavba qildim deb yalinib turvoganidan keyin no iloj kechirishga majbur buldim . tugri undan keyin man unga etarlicha mehr bera olmadim bu esa unga alam qilardi. u bu voqeadan sung baribir boshqa hunarlarini kursata boshladi telefonda tinmay yaqinlari bilan gaplashib manga tuhmat buhtonlar qilardi .biron bir gap gapirsam gapimga umuman itoat qilmidi .yaqinda yana buhton qilib 02 ga telefon qilib manga tuhmat buhtonlar qilib qamatishga urundi. bizni tergovga chaqirishdi usha erda ham ayolim tergovchini yordamchisiga nozli qarashlar qilib uziga jalb qilishga harakat qildi . bu narsalani kurib turgan bola manga oka qanaqilib chidavossiz deb manga rahmi kelib gapirdi. ayolimni sharti man ota onami tashlab chiqib ketihim va u bilan birga yashashim unga alohida uy olib berib har tomonlama taminlab quyishim kerakligini aytdi aks holda nima qilib bulsayam mani qamatvorishini aytdi. sud buldi sudda ayolimi qilgan tuhmatlari fosh buldi . mayli bu gal bu tuhmatni qildi uhshamadi ertaga boshqa narsani uylab topar .man judayam charchadim ota onam nogiron uydan kuchaga chiqa olishmidi ularga yordam kerak . ayolim esa ularga yordam berish urniga manga san uy olib beraman deb vada qilgansan erkak endi vadangni ustidan chiq deb quymayapti hazrat man juda charchadim Allohga shukur birovni haqqini emiman halol mehnat qilib kun kechiraman lekin unga uy olib berishga mani imkoniyatim yuq . hazrat onamni ahvollari yahshimas birovga muhtoj bulib yotadila ayolim shu narsalani hammasini kurib bilib turibdi lekin baribir mani tinch quymayapti .man hech qachon onamni bu ahvolda tashab keta olmiman bu esa ayolimga yoqmyapti . tugri hazrat siz tarbiyalash kerak diyishiz mumkun lekin unga hech kimni gapi kor qilmidi.1)hazrat shunday holatda man uni taloq qilsam keyin u yomon yulga kirib ketsa manga gunoh bulmidimi?2) hazrat man ayolimdan mingdan ming noroziman. erini noroziligini olgan ayol jannatga kirmasligini eshitganman. shunday holatda mani noroziligim utadimi, tugri unga uy olib beraman deb vada qilganman lekin olib bera olmiy qoldim man uni aldab ham yurganim yuq imkonim bulsa albatta olib berardim. shunday holatda ham noroziligim utadimi3)hazrat man qanday yul tutiy maslahat bering juda charchadim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu sizga bog‘liq ish. Istasangiz taloq qilasiz. Undan keyin nima bo‘lsa, o‘zi biladi va javob beradi.
27 Апрел 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 167 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu sizga bog‘liq ish. Istasangiz taloq qilasiz. Undan keyin nima bo‘lsa, o‘zi biladi va javob beradi.
27 Апрел 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 167 | Oila va turmush