Ota-onalarni o‘qituvchilarga beradigan sovg‘alari

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, maktabdagi o‘qituvchilarga sinflari bitirgandan keyin masalan boshlang‘ich sinfni tugatgandan keyin sinfdagi ota-onalar o‘zlari kelishib pul yig‘ib o‘rtada biror narsani  sovg‘a qilish mumkinmi? Shunday ish qilinsa pora bergan bo‘lib qolmaydimi? O‘sha sovg‘ani olish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sovg‘a ko‘ngildan chiqarib beradigan narsa. Maktabda o‘qituvchiga yil oxirida hadya olish uchun yig‘ilgan pul hammani roziligi bilan bo‘lgan bo‘lsa, joiz. Ammo yig‘ilgan pulda ba’zi bir ota-onalarning noroziligi bo‘lsa, uni olish halol bo‘lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عن أنس أن النبي صلى الله عليه وسلم قال : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفسه. رواه الدارقطني Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:   Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishining moli ko‘nglidan chiqarib bersagina halol bo‘ladi. Aks hola halol bo‘lmaydi” dedilar. Doraqutniy rivoyati. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 17:18 | Савол-жавоблар | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar