Munofiqning amali

Assalomu alaykum! Munofiqning amali 3 ta gapirsa yolg‘on gapiradi v’ada bersa xilof qiladi va omonatga xiyonat qiladi. Mo‘min munofiqning amalni bardavom qilib yursa, e’tiqodiy jixatdan munofiqqa aylanib qolishi mumkinmi? Ya’ni yolg‘on deb kofirlardan ham yomonroq hisoblanadigan munofiqlarga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yolg‘onning zararlari: 1. Yolg‘on o‘z egasini parchalaydi. 2. Yolg‘on o‘z egasini do‘zaxga olib boradi. 3. Yolg‘on uzoqni yaqin, yaqinni uzoq qiladigan sarobdir. 4. Yolg‘on muruvvat, jamol va chiroyni ketkazadi. 5. Yolg‘on aql o‘g‘risidir. 6. Yolg‘onchi xoru zor bo‘ladi. 7. Yolg‘on dinu dunyoni buzadi. 8. Yolg‘on pastkashlik alomatidir. Islomda yolg‘on harom va katta gunoh hisoblansa ham, undan kattaroq zararni qaytarish uchun uch holatda istisno tariqasida yolg‘on ishlatishga ruxsat berilgan. 1. Odamlar orasini isloh qilish. Musulmonlarning bir-birlari bilan urushib yurishlari juda ham yomon ish. Bu yomon ish oqibatida insonlarning va jamiyatlarning orasi buziladi. Kishilarning bir-birlari bilan xusumatlashishlari, urushishlari barcha balo-ofatlarning boshidir. Shuning uchun bu holat paydo bo‘lishi bilan qanday qilib bo‘lsa ham uni bartaraf qilishga o‘tish zarur. Bu yo‘lda hatto yolg‘on gapirilishiga ham ruxsat beriladi. Odamlarning orasini isloh qilish uchun yolg‘on gapirgan odam faqatgina yaxshilik uchun yolg‘on gapiradi. 2. Urushda g‘alaba qilish uchun. Dushman bilan bo‘layotgan qurolli qarama-qarshilik hayot-mamot jangi bo‘ladi. Bu jangda dushman qo‘lidan kelgan barcha ishlarni, jumladan, yolg‘onni ham ishga soladi. Agar askar engilsa, barcha ummat va millat dushman asorati ostida qoladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik manfaati yo‘lida dushmanni dog‘da qoldirish uchun yolg‘on gapirishga ruxsat berilgan. 3. Oilaning ahilligini saqlab qolish uchun. Har bir jamiyatda oilaning ahilligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ahil oilada o‘sgan bolalar salohiyatli fuqaro bo‘lib o‘sadilar. Ota-onaning janjallari sadosi ostida o‘sgan bolalar esa salohiyatli fuqaro bo‘lishlari qiyin. Shuning uchun ham er-xotin orasidagi o‘zaro ahillik juda ham muhimdir. Ana o‘sha ahillikni saqlab qolish maqsadida er-xotinga bir-birlariga yaxshilik ma’nosida yolg‘on gap aytishlariga ruxsat berilgan. Ushbu istisno tariqasida ruxsat berilgan uch holatdan boshqa hollarda yolg‘on gapirish mutlaqo mumkin emas. عَنْ أُمِّ كُلْثُومٍ بِنْتِ عُقْبَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، وَكَانَتْ مِنَ الْمُهَاجِرَاتِ الْأُوَلِ اللَّاتِي بَايَعْنَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، أَنَّهَا سَمِعَتْ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ يَقُولُ: لَيْسَ الْكَذَّابُ الَّذِي يُصْلِحُ بَيْنَ النَّاسِ وَيَقُولُ خَيْرًا وَيَنْمِي خَيْرًا. قَالَتْ: وَلَمْ أَسْمَعْ يُرَخَّصُ فِي شَيْءٍ مِمَّا يَقُولُ النَّاسُ كَذِبٌ إِلَّا فِي ثَلَاثٍ: الْحَرْبُ، وَالْإِصْلَاحُ بَيْنَ النَّاسِ، وَحَدِيثُ الرَّجُلِ امْرَأَتَهُ وَحَدِيثُ الْمَرْأَةِ زَوْجَهَا. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. وَلَفْظُ أَبِى دَاوُدَ: مَا سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُرَخِّصُ فِي شَيْءٍ مِنَ الْكَذِبِ إِلَّا فِي ثَلَاثٍ: كَانَ يَقُولُ: لَا أَعُدُّهُ كَاذِبًا، الرَّجُلُ يُصْلِحُ بَيْنَ النَّاسِ يَقُولُ الْقَوْلَ وَلَا يُرِيدُ بِهِ إِلَّا الْإِصْلَاحَ، وَالرَّجُلُ يَقُولُ فِي الْحَرْبِ، وَالرَّجُلُ يُحَدِّثُ امْرَأَتَهُ وَالْمَرْأَةُ تُحَدِّثُ زَوْجَهَا Ummu Kulsum binti Uqba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu ayol Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan birinchi muhojiralardan bo‘lgan edi: «U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Odamlar orasini isloh qilgan kazzob emas, xayrni aytadi va xayrni etkazadi», deganlarini eshitgan ekan. U kishi aytadi: «Men u zotning odamlar «yolg‘on» deydigan narsadan biror narsaga ruxsat berganlarini eshitmaganman. Illo, uch narsada: urushda, odamlar orasini isloh qilishda va erning o‘z xotiniga va xotinning o‘z eriga gapirishida ruxsat berganlar». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Abu Dovudning lafzida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yolg‘ondan biror narsaga ruxsat berganlarini eshitmaganman. Illo uch toifani «Yolg‘onchi hisoblamayman» der edilar: odamlar orasini isloh qilgan odamni. U bir gapni aytsa, unda islohdan boshqani iroda qilmaydi; urushda (hiyla bilan) so‘zlagan kishini; (mehr-muhabbatni kuchaytirish uchun) o‘z xotiniga so‘z aytgan erni hamda o‘z eriga so‘z aytgan xotinni», deyilgan. Gapni burib gapirish, ya’ni kishi og‘ir holga tushib qolganida sirtidan boshqa, ichidan boshqa ma’no beradigan gapni aytib, ochiq-oydin yolg‘on gapirmay, qutulib ketishga ruxsat bor. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ فِي الْمَعَارِيضِ لَمَنْدُوحَةً عَنِ الكَذِبِ. رَوَاهُ ابْنُ عَدِيٍّ وَالبَيْهَقِيُّ Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, gapni burib gapirishda yolg‘ondan qochish imkoni bordir», dedilar». Ibn Adiy va Bayhaqiy rivoyat qilishgan. Islom olamida Qur’oni Karimni maxluq deyish fitnasi chiqqanida, xalifa hammani bu gapni aytishga majbur qilishga o‘tgan. Navbat imom Shofe’iyga kelganda u kishi: «Albatta, mana bular maxluqdirlar», deb to‘rt barmoqlarini ko‘rsatganlar. Taftishchilar o‘zlaricha, to‘rt ilohiy kitobni: Zabur, Tavrot, Injil va Qur’onni maxluq deb aytdi, deb tushunganlar. Imom Shofe’iy bo‘lsalar to‘rt barmoqni iroda qilganlar. O‘zining zolimligi bilan dong taratgan Hajjoj sahobalarning birlaridan: «Men haqimda nima deysan?» deb so‘ragan. Shunda u kishi: «Sen qositsan», degan. Arab tilida «qosit» so‘zining ikki qarama-qarshi ma’nosi bor. Bu so‘z ham odil, ham jabr qiluvchi ma’nolarini bildiradi. Mazkur sahobiy roziyallohu anhu Hajjojga: «Sen qositsan», deganida o‘sha erda turganlar unga: «Seni madh etdi», deyishgan. Ammo Hajjojning o‘zi: «Yo‘q, u meni jabr qiluvchi demoqda», degan. ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 19:07 | Савол-жавоблар | 171 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar