Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tmaslik haqida
Assalomu alakum! Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan kesib o‘tish mumkin emasligini bilamiz. Bu masala masjidga ham ta’luqlimi? Ya’ni juma namozini farzi o‘qilgandan so‘ng, sunnatga tursak, kimdir sunnat o‘qiydi, ba’zilari chiqib ketadi. Shunday holatda ham oldidan o‘tkazmaslik kerakmi? Agar o‘tadigan bo‘lsa qancha masofadan bo‘ladi? Namozdan keyingi Qur’on tilovatidan so‘ng yoqani mahkam ushlab, istig‘for aytish kerakmi? Shu sunnat amalmi? Chunki shunday qilgan odamlarni ko‘rdim. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozxon oldidan o‘tish bir necha suratlarda bo‘ladi. Birinchisi: namoz o‘qiyotgan kishining o‘ng yoki chap tarafidagi kishi namozxonning oldini kesib o‘ngdan chapga, yoki chapdan o‘ngga o‘tishi. Bu joiz emas. عَنْ أَبِي جُهَيْمٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: لَوْ يَعْلَمُ الْمَارُّ بَيْنَ يَدَيِ الْمُصَلِّي مَاذَا عَلَيْهِ لَكَانَ أَنْ يَقِفَ أَرْبَعِينَ خَيْرًا لَهُ مِنْ أَنْ يَمُرَّ بَيْنَ يَدَيْهِ. قَالَ أَبُو النَّضْرِ: لَا أَدْرِي قَالَ أَرْبَعِينَ يَوْمًا أَوْ شَهْرًا أَوْ سَنَةً. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Juhaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar namoz o‘quvchining oldidan o‘tuvchi o‘ziga qanchalik gunoh bo‘lishini bilganida, albatta, uning oldidan o‘tishdan ko‘ra qirqqacha to‘xtab turmog‘i o‘zi uchun yaxshi bo‘lar edi», dedilar. Abu Nazr: «Qirq kun, dedimi yoki oy yoxud yil, dedimi, bilmay qoldim», dedi». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Rivoyatda ismi kelgan Abu Nazr ushbu ha¬disni rivoyat qiluvchilardan biridir. U kishi o‘zlariga ushbu hadisni aytib bergan Busr ibn Sa’iyd rahmatullohi alayh qirq kun, dedilarmi, qirq oy yoki qirq yil, dedilarmi, bilmay qolgan ekanlar. Abu Nazr ana o‘sha omonatga xiyonat qilmay, qanday bo‘lsa, shunday holida rivoyat qilmoqdalar. Bu hadisi sharifda namoz o‘quvchining oldidan o‘tish qanchalar qattiq gunoh ekanligi haqida so‘z bormoqda. Agar o‘sha namoz o‘quvchining oldini kesib o‘tuvchi o‘ziga bu ishidan qanchalar gunoh bo‘lishini bilsa, qirq yilgacha qimirlamay kutar ekan. Demak, namoz o‘qiyotgan odamning oldidan zinhor kesib o‘tmasligimiz zarur. ولِلتِّرْمِذِيِّ وَابْنِ حِبَّانَ: لَأَنْ يَقِفَ أَحَدُكُمْ مِائَةَ عَامٍ خَيْرٌ لَهُ مِنْ أَنْ يَمُرَّ بَيْنَ يَدَيْ أَخِيهِ وَهُوَ يُصَلِّي Termiziy va Ibn Hibbonlar qilgan rivoyatda: «Albatta, biringizning yuz yil to‘xtab turmog‘i uning uchun namoz o‘qiyotgan birodarining oldidan o‘tishidan ko‘ra yaxshidir», deyilgan. Sharh: Bu rivoyat avvalgi rivoyatda aytilgan muddat qirq kun yoki oy emas, qirq yil ekanligini tasdiqlaydi. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: إِذَا صَلَّى أَحَدُكُمْ إِلَى شَيْءٍ يَسْتُرُهُ مِنَ النَّاسِ فَأَرَادَ أَحَدٌ أَنْ يَجْتَازَ بَيْنَ يَدَيْهِ فَلْيَدْفَعْهُ فَإِنْ أَبَى فَلْيُقَاتِلْهُ فَإِنَّمَا هُوَ شَيْطَانٌ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Biringiz o‘zini odamlardan to‘sib turadigan narsaga qarab namoz o‘qisa-yu, birov uning oldini kesib o‘tmoqchi bo‘lsa, bas, uni daf qilsin. Agar ko‘nmasa, urishsin. Unday odam shaytondir», dedilar». Uchovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhu¬ning bu hadislarining mashhurligi bejiz emas. Unga bir hodisa sabab bo‘lgan. Bu haqida Imom Buxoriy Abu Solih as-Sammondan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhuning jum’a kuni o‘zini odamlardan to‘sadigan narsaga qarab namoz o‘qiyotganini ko‘rdim. Bas, Bani Abu Mu’aytlik bir yigit uning oldidan o‘tmoqchi bo‘ldi. Abu Sa’iyd uning ko‘kragidan daf qildi. Yigit atrofga qarab, Abu Sa’iydning oldidan bosh¬qa o‘tadigan joy topa olmadi-da, qaytadan yana o‘tishga harakat qildi. Bas, Abu Sa’iyd uni avvalgidan ko‘ra qattiqroq daf qildi. Shunda yigit Abu Sa’iydni urishdi va Marvonning oldiga kirib, shikoyat qildi. Abu Sa’iyd ham uning ortidan Marvonning oldiga kirdi. Bas, u: «Sen bilan birodaringning o‘g‘liga nima bo‘ldi, ey Abu Sa’iyd?» dedi. Shunda Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhu yuqoridagi hadisni aytdilar. Marvon Umaviylarning boshliqlaridan bo‘lib, Marvon ibn Hakam nomi bilan mashhurdir. U xalifa Abdulmalik ibn Marvonning otasidir. Ma’lum vaqt Madinai Munavvaraga amir bo‘lib turgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlarida u sakkiz yoshda edi. Marvon ibn Hakam oltmish uch yoshlarida Damashq shahrida, 65 hijriy sanada vafot etganlar. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Namoz o‘qiydigan odam sutraga qarab namoz o‘qishi kerakligi. 2. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tish kerak emasligi. 3. Namoz o‘qiyotgan odam o‘z oldidan o‘tmoqchi bo‘lgan kishini qaytarishi zarurligi. Qaytarish qo‘l bilan bo‘ladi. 4. Agar shunda ham qaytmasa, qattiqroq qaytarish zarurligi. 5. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan ogohlantirishiga ham qaramay, o‘tishga harakat qilgan odamning shaytonga tengligi. Ushbu hadisi sharifga binoan, namoz o‘quvchilar oldidan o‘tmasligimiz, o‘zimiz namoz o‘qiyotgan paytimizda oldimizdan o‘tmoqchi bo‘lganlarni qaytarmog‘imiz lozim.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Ikkinchisi: namoz o‘qiyotganning ro‘baro‘sida turgan kishi o‘ng yoki chap tarafga qayrilib ketishi. Bu joiz. Bu namoz o‘quvchining oldini kesib o‘tish deyilmaydi. Uchinchisi: farz namozi boshlanganda safni to‘ldirish uchun orqadagi namoz o‘quvchini oldini kesib o‘tish. Bu ham joiz. To‘rtinchisi: imom oldida sutra(to‘siq, ustun, devor)si bo‘lsa, imom bilan sutraning orasidan o‘tmasa bo‘ldi. Iqtido qiluvchilarning oldida sutrasi bo‘lmasa ham ularning oldilaridan kesib o‘tish joiz. Shu o‘rinda bir holatni aytib o‘tishimiz kerakki, har bir namozni tugatiboq o‘rnidan turib ketgan kishini malomatlamaslik va u haqida yomon gumonga bormaslik kerak. Chunki ular ichida o‘zi yosh ko‘rinsada tahorati qistaganlari, ish joyidan imkon topib kelib, ish joyiga shoshilayotganlari, yoki jamoatga etishish uchun avtoulovini noqulayroq joyga qo‘yganlari(xususan juma kunlarida) bo‘ladi. Zakotinigina ado qilib, boshqa xayri ehson qila olmagan yoki qilmagan kishini “baxl” deyishga shariatimiz izn bermaydi. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 19:07 | Савол-жавоблар | 245 | Ibodatlar