Qarzdorning duosi
Assalomu alaykum, Shayx Xazratlari!Sizga savollarim bor edi:1. Bir tanikli, namozxon, el orasida mashxur san’atkorning kontsertida eshitib koldim: "Karzdorning duosi xam kabul bulmas ekan". Bu gapda kanchalik xakikat bor?2. Kargish xakida. Bir kishi ishlatgan odamiga kelishilgan xakini berdi. Ishlagan odam rozi bulmadi. Uning ustiga yana nakd pul emas, maxsulot berdi. Ishlagan odam yana rozi bulmay kargab ketdi. Shu kargish tegadimi? Uzi kargish nima narsa?3. Iymonimni mustaxkamlash uchun nima kilishim kerak? Ish, muammo kup paytlari namozni xam unutib kuyyapman.4. "Mukaddas oylar va mustajob duolar" kitobida "Yosin" surasini 70 marta ukisa, xamma ishlari yurishib ketadi va "Solatan nariya" duosini
4 marta ukisa xamma orzu-niyatlariga erishadi, deyilgan. "Yosin" surasi fazilatlari tugrisida ozginigina sabok bersangiz.Xammaga foydali va kerakli maslaxatlar, saboklar berib kelayotganingiz uchun Allox Sizga uzi va’da etgan jannatini nasib etsin. Katta raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Shariatning hukmi ashulada emas.2. Gapingiz tushunarli emas. Kelishilgan haqni bersa, qanday norozi bo‘ladi. Agar kelishilgan haqni bersa, norozi bo‘lishi noto‘g‘ri. Qarg‘ish birovga qarshi duodir. O‘sha duo qabul bo‘lsa, qarg‘ishga qolganga og‘ir bo‘ladi.3. Iymonni mustahkamlash uchun, aqiyda ilmini yaxshilab o‘rganish va ibodatlarni vaqtida ado etish lozim.Bu kitobdagi ko‘p gaplarning asosi yo‘q. Bu surai sharifaning fazli haqida ko‘pgina hadislar rivoyat qilingan. Ularning aksariyatida Yasin surasi Qur’oning qalbi ekani ta’kidlangan. Shuning uchun «Qur’on qalbi» suraga ikkinchi nom bo‘lib qolgan.Imom al-Bazzor Abdulloh ibn Abbos rozyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir narsaning qalbi bor. Qur’onning qalbi Yasindir. Men uni ummatimdan har bir insonning qalbida bo‘lishini istardim», deganlar.Imom Molik va Imom ibn Hibbonlar Jundab ibn Abdulloh rozyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim Yasinni kechasi Allohning roziligi talabida o‘qisa, uni mag‘firat qiladi», deganlar.Imom Ahmad, Imom Abu Dovud, Imom Nasaiy, Imom ibn Moja va Imom al-Hokimlar Ma’qal ibn Yasar rozyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yasin Qur’onning qalbidir. Kim uni Allohni va oxirat kunini umid qilib o‘qisa, albatta, mag‘firat qilinadi. Uni o‘liklaringizga o‘qinglar», deganlar.4. Mazkur hadisi shariflar va shunga o‘xshash boshqa targ‘ib hadislarga amal qilaroq, musulmonlar ichida bu surai karimani yodlash, uni doimo o‘qib yurish keng odat tusiga kirgan. Agar bu amalga suraning ma’nolarini anglab etish va tadabbur qilish ham qo‘shilsa, ayni murod hosil bo‘lar edi. Zero, Yasinni o‘qishga bunchalar targ‘ib qiluvchi hadislar bekorga kelmagan.
27 Апрел 2022, 19:29 | Савол-жавоблар | 182 | Moliya va tijorat