Hojatxonaga bosh kiyim bilan kirish

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim hojatxonaga bosh kiyimsiz kirib bo‘lmasligini aytgandi. Aytishicha hojatxonadagi bosh kiyimi bo‘lmasa uning boshida ko‘rinmas teshik ochilar emish va u odam hojatxonada nima ish qilsa shayton uning boshidagi teshikka xuddi shu ishni qilar emish.1). Yuqorida aytilgan gaplar rostmi?
2). Hojatxonada bosh kiyim kiyishning boshqa sabablari ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Aynan shu gapni biror joyda ko‘rmaganmiz. Bilganlarimiz. عَنْ حَبِيبِ بْنِ صَالِحٍ قَالَ : ( كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ وَغَطَّى رَأْسَهُ  روى البيهقيHabib ibn Solih aytadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar oyoq kiyimlarini kiyib boshlarini yopib olardilar.Bayhaqiy rivoyati.عن عُرْوَة ، عَنْ أَبِيهِ : " أَنَّ أَبَا بَكْرٍ الصِّدِّيقَ ، قَالَ ، وَهُوَ يَخْطُبُ النَّاسَ : " يَا مَعْشَرَ الْمُسْلِمِينَ ، اسْتَحْيُوا مِنَ اللهِ ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إنِّي لأظل حِين أَذْهَبُ إلَى الْغَائِطِ فِي الْفَضَاءِ ، مُغَطّيًا رَأْسِي اسْتِحْيَاءً مِنْ رَبِّي " رواه ابن المبارك في " الزهد " Urva otasidan rivoyat qiladi:Abu Bakr Siddiq odamlarga xutba qilayotib: “Ey musulmonlar jamoasi Allohdan hayo qilinglar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, men hojatga borayotganimda robbimdan hayo qilib, boshimni berkitib olaman” dedi.Ibn Muborak “Zuhd” kitobida rivoyat qilgan."سْتَحَبُّ أَنْ لاَ يَدْخُل الْخَلاَءَ حَاسِرَ الرَّأْسِ ، لِخَبَرِ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا دَخَل الْخَلاَءَ لَبِسَ حِذَاءَهُ ، وَغَطَّى رَأْسَهُ "الموسوعة الفقهي “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon haloga kirsalar oyoq kiyimlarini kiyib boshlarini yopib olardilar” hadisiga binoan, haloga bosh yalang kirmaslik mustahab hisoblanadi. “Mavsu’a fiqhiya”. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 19:40 | Савол-жавоблар | 309 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar