Hamma aqlli ma’nosidagi hadis
Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar, Umar roziyalloxu anxu bir saxobiyni «Robbim ko‘pchilikdan qilma, ozchilikdan qil» manodagi duolarini eshitib nega bunday deyayotganligini so‘rasalar, saxobiy oyatdan misol keltiradi va Umar roziyallohu anhu «xamma aqlli bitta Umar omi» manosidagi javobni aytarkanlar. Mana shu hadisni topib berishni imkoni bormi? O‘zlarini omi deyishlari qanaqa ma’noda aytilganini tushunmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bir kuni bozordan o‘tib ketayotgan edilar, bir inson duo qilib “Allohim! Meni oz bandalaringdan aylagin, meni oz bandalaringdan qilgin” deb duo qilayotganini ko‘rdilar. Shunda sayyidimiz Umar unga “Bu duoni qaerdan olding?” dedilar. U inson “Alloh tao’lo O‘zining aziz kitobida “Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir” deb aytgan!” dedi. Birdan hazrati Umar yig‘ladilar va o‘zlariga xitob qilib “hamma odamlar sendan ko‘ra anglovchiroq ey Umar! Allohim! Meni oz bandalaringdan aylagin” dedilar. Ibn Abi Shayba, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va Qurtubiylar rivoyat qilganlar. Kunimizda birovni gunohni tark etishga nasihat qilinsa, “ko‘pchilik qilyaptiku, men bitta o‘zim qilmayapman” deb javob beradi. Qur’oni karimda “ko‘pchilik” doim ham maqtalmagan. Qur’ondagi (ﺃﻛﺜﺮ ﺍﻟﻨﺎﺱ) “Odamlarning aksari” degan so‘zni qarasangiz, “ular bilmaydilar”, “shukr qilmaydilar”, “iymon keltirmaydilar” kabi sifatlar bilan sifatlanganini ko‘rasiz. Agar Qur’ondan (ﺃﻛﺜﺮﻫﻢ) “Ularning aksariyati” so‘zini izlab qarasak, “fosiqlar”, “bilmaydilar”, “yuz o‘giruvchilar”, “aqlarini ishlatmaydilar”, “eshitmaydilar” kabi sifatlar bilan sifatlanganini ko‘ramiz. Shunday bo‘lgach, biz doimo “Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir” deb maqtalgan bandalar safida bo‘lishga harakat qilishimiz lozim. Ba’zi sunnat va shar’iy amallarni o‘zingizgina yoki ozchilik musulmonlar bajarayotgani sizni tashvishga solmasin! Zero Qur’oni karim “ozchilik”ni madh qilib keltirgan. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 20:13 | Савол-жавоблар | 169 | Siyrat va tarix