Shukr qilish duosi

Assalomu alaykum! Biz Alloh bergan nematlarga shukr qivotganimizda qaysi duoni o‘qishimiz kerak? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ رِفَاعَةَ بْنِ رَافِعٍ الزُّرَقِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا يَوْمًا نُصَلِّي وَرَاءَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَلَمَّا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرَّكْعَةِ قَالَ: «سَمِعَ اللهُ لِمَنْ حَمِدَهُ». قَالَ رَجُلٌ وَرَاءَهُ: رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ، حَمْدًا كَثِيرًا طَيِّبًا مُبَارَكًا فِيهِ، فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ: «مَنِ الْمُتَكَلِّمُ؟» قَالَ: أَنَا. قَالَ: رَأَيْتُ بِضْعَةً وَثَلَاثِينَ مَلَكًا يَبْتَدِرُونَهَا، أَيُّهُمْ يَكْتُبُهَا أَوَّلُ Rifo’a ibn Rofe’ Zuraqiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ortlarida namoz o‘qidik. U zot boshlarini ruku’dan ko‘targanlarida: «Sami’allohu liman hamidah», dedilar. Orqalarida bir kishi: «Robbana va lakal-hamdu hamdan kasiyron toyyiban mubarokan fiyh», dedi. U zot namozni tugatgach: «Gapirgan kim?» dedilar. (O‘sha kishi) «Men», dedi. «O‘ttiz nechta ham farishtaning buni birinchi bo‘lib yozishga talashayotganini ko‘rdim», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). ابن عمر رضي الله عنهما أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدَّثَهُمْ أَنَّ عَبْدًا مِنْ عِبَادِ اللَّهِ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَلِعَظِيمِ سُلْطَانِكَ ، فَعَضَّلَتْ بِالْمَلَكَيْنِ فَلَمْ يَدْرِيَا كَيْفَ يَكْتُبَانِهَا ، فَصَعِدَا إِلَى السَّمَاءِ وَقَالا : يَا رَبَّنَا إِنَّ عَبْدَكَ قَدْ قَالَ مَقَالَةً لا نَدْرِي كَيْفَ نَكْتُبُهَا . قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ - وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَا قَالَ عَبْدُهُ - : مَاذَا قَالَ عَبْدِي ؟ قَالا : يَا رَبِّ إِنَّهُ قَالَ : يَا رَبِّ لَكَ الْحَمْدُ كَمَا يَنْبَغِي لِجَلالِ وَجْهِكَ وَعَظِيمِ سُلْطَانِكَ . فَقَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ لَهُمَا : اكْتُبَاهَا كَمَا قَالَ عَبْدِي حَتَّى يَلْقَانِي فَأَجْزِيَهُ بِهَا رواه ابن ماجه Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga hadis so‘zlab : “Allohning bandalaridan bir banda “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik” dedi. Bu kalima ikki farishtaga og‘irlik qilib uni qanday yozishni bilmay qolishdi. Samoga ko‘tarilib : “Ey robbimiz bandang bir gapni aytdi, biz uni qanday yozishni bilmayapmiz” deyishdi. Alloh azza va jalla – O‘zi bandasi nima deganidan yaxshi xabardor bo‘lsada, - “Bandam nima dedi” dedi. Ular :  “Ya robbi lakalhamdu kamaa yanbag‘ii lijalaali vajhika valiazimi sultonik dedi” deyishdi. Alloh azza va jalla u ikkisiga : “Bandam menga yo‘liqib, mukofotini bergunimcha qanday aytgan bo‘lsa shundayligicha yozib qo‘yaveringlar” dedi”. Ibn Moja rivoyati. Ma’nosi: Ey robbim, Senga zotingni jaloliga, saltanatingni ulug‘ligiga loyiq hamdlar bo‘lsin. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 21:07 | Савол-жавоблар | 184 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar