Katta oiladagi chigal masala
, xazrat.Eri safarda bulgan ayol kurbon xayit bayramida uz uyiga borib kelishlik uchun kaynonasidan rad javobni olgan. Kaynota esa kaynonani koyib bergan va kelinga borib kelishlik uchun ruxsat bergan. Lekin uz oilasi bilan yashayotgan kaynopa kelinga telefon kilib juda uyatli suzlar bilan xakorat kilgan. Xakoratning sababi kaynona yuk deganda kaynotadan ruxsat olib kaynonani mulzam kilganlik. Kaynopa esa nega meni onamni xafa kilasan deb juda uyat suzlar gapirgan.Uchinchi shaxs nomidan yozganim sababi savolni kiska va tushunarli kilib berishdan iborat. Savolim shuki: Men, ya’ni uzok davlatda safarda bulgan er oilamdagi mayda-chuda axamiyatsiz gaplar sabab bulib uz jigarlarim va onamning ayolimga besabab azob berishini kanday tuxtata olaman yoki sal bulsada yumshata olaman?Bunday xolatga birinchi marta tushishim. Savolni men vokeani eshitgan kunimdan bir utib beryapman. Chunki eshitgan kuni judayam kuchli ta’sirga tushib koldim. Bugun jaxlimdan tushib vokeani fakat asosini yozdim. Onamiz oxirgi paytda nixoyatda uzgarib borayotganini xis kilyapman. Xatto men vokeani onamdan emas ayolimdan eshitdim. Ularning fikricha ayolimning xatosi "bormaysiz uyizga" degandan keyin yana kayta suraganida. Allox ilmingizni yanada yukori kilsin. Xaj safarlaringiz kabul bulsin. Allox umringizni ziyoda kilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayolingizga mehribon bo‘ling. Unga nasihat qiling. Onangizni hurmat qilishda davom eting. Onangizga u kishiga gapi o‘tadigan odamlar bu borada nasihat qilsinlar.
27 Май 2022, 02:17 | Савол-жавоблар | 144 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayolingizga mehribon bo‘ling. Unga nasihat qiling. Onangizni hurmat qilishda davom eting. Onangizga u kishiga gapi o‘tadigan odamlar bu borada nasihat qilsinlar.
27 Май 2022, 02:17 | Савол-жавоблар | 144 | Oila va turmush