Zinokor haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat Qur’onda "Zinokor faqat zinokorga yoki mushrikaga nihohlanur" degan oyat bor. Ko‘pchilik shu oyatga tayanib zinokor qilgan erkak zinokor ayolga uylanadi. Zino qilgan bo‘lsa bo‘ldi, uning xotini ham zinochi deyishadi. Xotini unga aytmay berkitadi deyishadi. Xuddi shu ma’noni Toxir Malikning axloqqa bag‘ishlangan kitobida ham ko‘rdim. Bu erkaklarni zinodan qaytarish uchun bo‘lsa ham, ko‘p ayollarga tuhmat emasmi? Erkak kishi zino qilib, keyin qattiq tavba qilgan bo‘lsachi? Hazrat savolim: Bu oyatning hukmi hozir ham shundaymi? Zinokor zinokorga uylanadimi? Islom bunday birtaraflamalikdan pok!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu iffatli muslima ayollar uchun to‘hmat. Bu gapni tushunib aytganlarni qazf qiluvchilar, ifatli ayollarni zino ayblovchilar deyiladi. Bu ishni qilganlar, mazkura ayollarning zinosini to‘rtta ko‘z bilan ko‘rgan guvohlar ila isbotlab berisha olmasalar, shariat hukmi bo‘yicha ularga darra uriladi. Zinodan tavba qilganlarning ishi Alloh taologa havola bo‘ladi.

27 Апрел 2022, 21:29 | Савол-жавоблар | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar