Axlatga tashlasam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Muxtaram aziz ustozlar, din yo‘lida qiladigan ezgu amallaringizni Alloh taborak va taolo ajri bilan siylasin Omin. Aziz ustozlar men sartaroshlik qilaman. Olingan sochlarni xaltalarga solib quyaman. Bilamizki insonni sochi, tirnog‘i va boshqa kesilgan a’zolarini ko‘mish kerak, lekin sochlarni ko‘mayin desam erlar fermerga o‘tib ketgan. O‘sha sochlarni axlatga yuradigan mashinaga tashlasak ham bo‘ladimi?
2). Nomoz o‘qiyotgan paytda necha yoshgacha bo‘lgan bolalar kesib utsa namoz buzilmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Tashlasangiz bo‘lmaydi. Joyini topib ko‘ming. 2). Har qanday odam o‘tsa ham buzilmaydi. O‘tuvchi balog‘atga etmagan bo‘lsa gunoh yozilmaydi, etgan bo‘lsa gunoh yoziladi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 21:31 | Савол-жавоблар | 145 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar