Uyqusida bezovta bo‘lish
Assalomu-alaykum hurmatli shayh janoblari. Sizdan bir narsani bilmoqchi edim.Mening 5 yoshli qizim ikki haftalardan beri har kuni kechasi soat 12:00,1:00,2:00 lar atrofida uyg‘onib ketayapti.Uyg‘onib yig‘laydi,barmoqlarini boshqacha qilib harakatlar qiladi,nazarimda huddi bir narsadan qiynalayotganga o’hshaydi.Turmush o’rtog‘im dam solishni boshlasa darhol o’ziga keladi va hech narsani eslay olmaydi.Taajjubli tomoni g‘ashlik qilayotgan paytda ko’zlari ham ochiq bo’ladi.Dadasi oyatal kursi ,fotiha,ihlos,falaq,an-nos suralari bilan har kuni bomdoddan keyin va huftondan oldin,g‘ashlik qilganda yarim kechasida dam solayapti.Ilmdan habari bor bir tanishimiz “shayton tushiga kirib qo’rqitayotgan bo’lsa kerak,baqara va al-imron suralarini kompyuterdan qo’yib qo’yinglar va dam solavering”deb maslahat berdi.Buni ham qilayapmiz-u foydasi ko’zga ko’rinmayotganday.Shuning uchun sizning ham maslahatingizni olaylik dedik. Bu narsa unchalik vahiymali narsa emasmi? Bundan qutulish uchun nimalarni qilishimiz kerak? Bu holat boshqa uyga ko’chib o’tganimizdan va qizim yangi bog‘chaga borishni boshlagandan keyin boshlandi. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi holatlar bo‘lib turadi. Hozir qilayotganlaringiz to‘g‘ri. Alloh taologa iltijo ila duo qilinglar. Biz ham duodamiz.
27 Май 2022, 05:40 | Савол-жавоблар | 143 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi holatlar bo‘lib turadi. Hozir qilayotganlaringiz to‘g‘ri. Alloh taologa iltijo ila duo qilinglar. Biz ham duodamiz.
27 Май 2022, 05:40 | Савол-жавоблар | 143 | Dolzarb savollar