Oilaviy masala

Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman, ammo men kabi gumon egalari ham bilib olishsa foydadan xoli bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Savolim. 1). Er va xotin birga bo‘lyotgan vaqtda ko‘zlari bir biriga qaragan xolatda bo‘lsa bola tug‘ilsa bolani ko‘ziga ziyon bo‘larmish. Masalan g‘ilay bo‘larkan.
2). Er ayoli bilan hazil qilib erkalab qandaydir xolatda qastdan yoki bilmasdan sutidan emib qo‘ysa, er xotin aloqalari tugashi kerak emish. Sababi xotin onani singari bo‘lib qolarmish.
3). Birga bo‘lishda mukammal qoniqish uchun quvvat so‘rab o‘ziga duo qilsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asosi yo‘q gaplar. Jimo vaqtidan boshqa hamma o‘rinda duo qilinishi kerak. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 21:51 | Савол-жавоблар | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar