Qur’on borasida
Assalomu alaykum! Qur’on borasida bir nechta savollarim bor edi. Bir ustoz “Qur’on kitob shaklida osmonning 1-qavatiga tushirilgan va Jabroil alayhissalom uni voqe’a yo biror sabab tufayli vahiy tarzda turli xil oyatlarni tushirib turgan” dedilar. Ustozni mulohazalari to‘g‘rimi? Qur’on haqiqatan osmonni 1-qavatiga butunlay tushgan, Jabroil oyatma oyat vahiy qilib turganmi?
2). Qur’on maxluqmi? Iltimos shuni batafsilroq yoritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ha. Alloh taolo “Qadr” surasida:إِنَّا أَنزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ1. Albatta, Biz U(Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. Laylatul Qadrning ushbu nom bilan atalishining sababi – bu kechaning qadri ulug‘ligidan, shu kechada bandalarning bir yillik taqdirlari o‘lchanadigan, hal qilinadigan bo‘lganidan ekanini avval ham aytib o‘tdik. Ushbu oyatda zikr qilinayotgan hodisa, ya’ni Qur’onning nozil qilinishi uning Lavhul Mahfuzdan bu dunyo osmoniga nozil qililishidir. Bu ma’no Ibn Abbosdan rivoyat qilingan. Ana o‘sha hodisa Laylatul Qadr kechasida bo‘lganini ushbu oyat ochiq-oydin aytib turibdi. Qur’oni Karim bu dunyo osmonidan Payg‘ambarimizga bo‘lib-bo‘lib, yigirma uch yil davomida nozil qilingan. Demak, ushbu oyati karimaning ma’nosi «Biz Qur’onni Lavhul Mahfuzdan bu dunyo osmoniga Laylatul Qadr kechasida nozil qildik» bo‘ladi. Bu haqiqatni Alloh taoloning O‘zi ta’kidlab aytmoqda. 2). Siz bu masalada umuman fikr yuritmang. Bu masalani bilmay vafot qilib ketsangiz ham qiyomatda javobgar bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 21:51 | Савол-жавоблар | 158 | Qur’oni karim