Avvabiyn namozi
Assalomu alaykum! Avvabiyn namozi qanday namoz? U qanday va qaysi payt o‘qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Avvabiyn” degani lug‘atda sertavba, ya’ni ko‘p tavba qiluvchi deganidir. Bu namoz shom namozidan keyin o‘qiladi va olti rak’at bo‘ladi. Avval to‘rt, keyin ikki rak’at yoki ikki rak’atdan qilib o‘qiladi. Alloh taolo Isro surasida رَّبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا فِي نُفُوسِكُمْ إِن تَكُونُواْ صَالِحِينَ فَإِنَّهُ كَانَ لِلأَوَّابِينَ غَفُورًا «Albatta, U zot avvobiynlarni mag‘firat qiluvchidir», degan (25-oyat). Imom Tabaroniy Ammor ibn Yosir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Kim shomdan keyin olti rak’at o‘qisa, gunohlari mag‘firat qilinur, agar dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham», deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida bu namoz aynan avvobiyn nomi bilan ham zikr qilingan. Ibn Nasr Ibn Munkadirdan qilgan mursal rivoyatda: «Kim shom bilan xuftonning orasida namoz o‘qisa, albatta, o‘sha avvobiyn namozidir», deyilgan. Anas roziyallohu anhudan Alloh taoloning تَتَجَافَى جُنُوبُهُمْ عَنِ الْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنفِقُونَ «Yonboshlari yotar joydan yiroq bo‘lur. Robblariga qo‘rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o‘zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar», degan (Sajda surasi, 16-oyat) qavli haqida «Ushbu oyat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shom va xufton orasida namoz o‘qiydigan sahobalari haqida nozil bo‘lgan», deganlari rivoyat qilingan. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 22:27 | Савол-жавоблар | 170 | Ibodatlar