laylatul qadr

Assalomu alaykum! "Laylatul qadr kechasi" Ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi deyilgan. Shunda "Laylatul qadr kechasi"  bo‘ladigan kun Ertalab quyosh qizarib, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradimi yoki "Laylatul qadr kechasi"  bo‘lib o‘tgan tongda Ertalab quyosh qizarib, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ زِرِّ بْنِ حُبَيْشٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قاَلَ: سَأَلْتُ أُبَيَّ بْنَ كَعْبٍ فَقُلْتُ: إِنَّ أَخَاكَ ابْنَ مَسْعُودٍ يَقُولُ: مَنْ يَقُمِ الْحَوْلَ يُصِبْ لَيْلَةَ الْقَدْرِ، فَقَالَ: رَحِمَهُ اللهُ! أَرَادَ أَلَّا يَتَّكِلَ النَّاسُ، أَمَا إِنَّهُ قَدْ عَلِمَ أَنَّهَا فِي رَمَضَانَ وَأَنَّهَا فِي الْعَشْرِ الْأَوَاخِرِ وَأَنَّهَا لَيْلَةُ سَبْعٍ وَعِشْرِينَ، ثُمَّ حَلَفَ لَا يَسْتَثْنِي أَنَّهَا لَيْلَةُ سَبْعٍ وَعِشْرِينَ، فَقُلْتُ: بِأَيِّ شَيْءٍ تَقُولُ ذَلِكَ يَا أَبَا الْمُنْذِرِ؟ قَالَ: بِالْعَلَامَةِ أَوْ بِالْآيَةِ الَّتِي أَخْبَرَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهَا تَطْلُعُ يَوْمَئِذٍ لَا شُعَاعَ لَهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ. وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: مَا الْآيَةُ؟ قَالَ: تُصْبِحُ الشَّمْسُ صَبِيحَةَ تِلْكَ اللَّيْلَةِ مِثْلَ الطَّسْتِ لَيْسَ لَهَا شُعَاعٌ حَتَّى تَرْتَفِعَ Zirr ibn Hubaysh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ubay ibn Ka’bdan: «Birodaring Ibn Mas’ud «Kim yilni bedor o‘tkazsa, Laylatul Qadrni topadi», deydimi?» deb so‘radim. «Unga Alloh rahm qilsin. Odamlar suyanib qolmasin, demoqchi bo‘lgandir. Aslida u u(kecha)ning Ramazonda ekanligini, oxirgi o‘n (kunlik)da ekanligini va yigirma ettinchi kechada ekanligini aniq bilgan», dedi. So‘ngra «Inshaalloh», demasdan, qasam ichib, u yigirma ettinchi kecha ekanligini aytdi. «Buni nimaga asoslanib aytmoqdasan, ey Abu Munzir?» dedim. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xabar bergan alomat yoki belgi asosida. O‘sha kuni quyosh yog‘du sochmay chiqadi», dedi». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Abu Dovudning lafzida: «Alomati nima?» dedim. «O‘sha kechaning tongida quyosh ko‘tarilguncha tog‘oraga o‘xshab, yog‘du sochmaydi», dedi», deyilgan. Sharh: Zirr ibn Hubaysh roziyallohu anhu hadislarni Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Abu Zarr, Ibn Mas’ud, Abdurrahmon ibn Avf, Abbos, Ubay ibn Ka’b, Safvon ibn Assol, Oisha onamiz roziyallohu anhumolardan rivoyat qildilar. Odatda qasam ichganda «inshaalloh»ni qo‘shib qo‘yish orqali bir oz engillik yaratish, mabodo gap noto‘g‘ri bo‘lib qolsa, gunohkor bo‘lmaslik ko‘zda tutiladi. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuning Qadr kechasi Ramazonning yigirma ettinchi kechasida ekanligiga «inshaalloh»ni qo‘shmay qasam ichishlari esa bunga qattiq jazmlari borligiga, masalani aniq bilishlariga dalolat qiladi. Abu Munzir – Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhuning kunyalari. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga «Qadr kechasini yil davomida izlash kerak», deb aytar ekanlar. Ushbu fikrni boshqa kishilar ham aytganlar. 2. Bu fikrni aytishdan maqsadlari kishilar ma’lum bir kecha yoki kechalarga e’timod qilib, o‘shalarnigina bedor o‘tkazib, yilning boshqa kechalarini ibodatsiz, beparvo bo‘lib o‘tkazmasin, deyish ekan. 3. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu Qadr kechasi Ramazoni sharifning yigirma ettinchi kechasi ekanligiga jazm qilganlar. Butun Islom ummati ichida ham ushbu fikr mashhur. Ushbu faslning nomi ham shunga dalolat qilmoqda. 4. Aniq bilib, jazm qilgan narsaga «Inshaalloh», demay qasam ichsa ham bo‘laverishi. 5. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Qadr kechasining alomati borligi haqida xabar berganliklari. 6. Laylatul Qadr bo‘ladigan kechaning tongida quyosh tog‘oraga o‘xshab, atrofga yog‘du sochmay chiqishi. Chunki o‘sha paytda ko‘plab farishtalar chiqib-tushib turganlari uchun quyoshning yog‘dusini to‘sib qo‘yar ekanlar. Demak, Ramazoni sharifning barcha kechalarida bedor bo‘lib, ibodat qilishga urinish bilan birga yigirma ettinchi kechaga alohida e’tibor berish lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 22:46 | Савол-жавоблар | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar