Mazhablar

Assalomu alaykum! Bir yaqin insonimga dengiz mahsulotlaridan faqat baliq halol ekan, qolganlari harom desam mana shu fatvoni menga qaerdan o‘qigan bo‘lsang o‘qib ber dedi va men Shayx hazratlarini mana shu saytda bergan javoblarini o‘qib berdim, javob quyidagicha edi. Hanafiy mazxabi bo‘yicha baliqdan boshqa dengiz jonzotlari halol emas, boshqa mazhablarda halol, o‘qib bergandim boshqa mazhablarda mumkin ekan demak eyaveramiz dedi, u inson to‘rtta mazxabdan  birida emas balki to‘rttala mazxabda yuraveramiz dedi va hukumlaridan saxixlarini olamiz dedi. Nega unday qilasizlar axir mazhablardan birginasida turish kerak bo‘lmasa bo‘lmaydi desam, boshqa mazhablarning engilliklarini ololmay qolamiz deyabti, buni  hayoting davomida tushinib olasan deydi. Yana ba’zi masalalarni hohlasng ol hohlamasng olma deydi, axir sha’riat hukmini hohlasang ol deb bo‘lmaydiku bu katta hato emasmi? Insonlar sha’riy hukumlarni tabiatiga moslab olmaydiku deganimda, mayli mayli baliqdan boshqasini emaymiz deydi. Lekin bu gapni meni ovozimni o‘chirish uchun aytdi baribir o‘zimning fikrimda qolaman dedi. men bildirgan fikirlar noto‘g‘rimi ya’ni mazxablardan faqat bittasida sobit turish shart qilinmaganmi? yaqin insonim to‘g‘ri ish qilyabtimi? bu masala yuzasidan shariatning hukmi qanday? Javobingiz uchun avvaldan rahmat! Alloh barchalarimizni ilimlarimizni ziyoda qilsin. Allohim qilayotgan hayrli ishlaringizga barakot bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir mazhabni tutish ayni salomatlikdir. Ular o‘zlariga peshvo deb tutgan olimlaridan biri Siddiq Hasanxon rahmatullohi alayh “25 yil tajribamga suyanib aytamanki mazhabni tutmay engilliklarga intilavergan kishi oxiri dindan chiqar ekan” deganlar.  Biz ham diyorimizdan chiqqan avvaliga o‘zlarini “vahobiymiz” degan, so‘ng hizbut tahrir chiqanidan “o‘shalardanmiz” deb oxir oqibat benamoz bo‘lib ketganlarini juda ko‘pini ko‘rdik. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 23:33 | Савол-жавоблар | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar