Namozdan keyin "Oyatul kursiy"ni 2 marta o‘qish
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kimki xar farz namozdan keyin Ayatul-Kursi o‘qisa u va jannat o‘rtasida faqatgina o‘lim turadi” deganlar. Hanafiy mazhabida esa sunnat namozidan keyin o‘qiladi. 1 namozda 2 marotaba o‘qisak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir narsani yaxshi tushinib olish kerak. Sunnatni sunnat ekanligi farzdan keyinoq o‘qilib, farzda qo‘yilgan xato kamchiliklarni to‘ldirishi uchundir. Go‘yoki farz ham sunnati ham bir namozdir. Sodda qilib tushuntirsak tahoratda a’zolarni bir marta yuvish farz. Shuni to‘ldirish uchun qo‘shimcha ikki bor yuvib, uch martaga etkazishni sunnat qilingan. Toki farzda qo‘yilgan kamchiliklar sunnat bilan to‘liq bo‘lsin deb. Oisha roziyallohu anho ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortidan sunnati bor namozlarda farz bilan sunnatning orasini “Allohumma antassalaam” kabi o‘qiladigan duolar bilan ajratib so‘ng sunnatga turganlarini aytganlar. Din Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima qilgan bo‘lsalar o‘sha narsaga tobe’ bo‘lishdir. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 23:32 | Савол-жавоблар | 160 | Ibodatlar