Siydikdan saqlanish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar savolim o‘rinsiz bo‘lsa kechirasizlar bir kitobda o‘qib qoldim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  va sahobalari qabr oldidan o‘tib ketayotganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrda ikki kishini qiynalyotganini aytib ular unchalik katta gunoh qilmaganini va biri hech siydikdan tiyilmaganini aytadi savolim siydikdan tiyilmash nima o‘zi? Ikkinchisiniyam gunohini aytib o‘tsalaringiz. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siydikni kiyim va badanlariga tegishdan saqlanishga aytiladi. Odatda tik turib bavl(siyuvchilar)  qiluvchilar va bavldan to‘liq quritmaydiganlar, ya’ni tomchisi ham qolmagunicha qog‘oz, kesak kabi narsalar bilan poklanmaydiganlar kiradi. Ikkinsi chaqimchilik qilar edi. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 23:56 | Савол-жавоблар | 196 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar