Tuxum halol bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Tovuqqa em sotadigan joylarda spets korm sotishadi o‘shalardan aralashma ichida kostivoy muka ya’ni suyak uni bor ekan. O‘sha sotadigan odamlardan so‘rasam kolbasa tsexidan olib drabilkada maydalashar ekan. O‘sha suyakda cho‘chqa suyagi bormi desam ha deb aytdi. Shuncha fabrikalardan kelyatgan tuxumlar halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu bilan tuxum harom bo‘lib qolmaydi. https://savollar.islom.uz/savol/1298 Jallola (najosatxo‘r hayvon)ning hukmi Fiqhiy kitoblarimizda jallola hayvon istilohi mavjud. Uning hukmi borasida ulamolar “Uni eyish va sutini ichish joiz emas” deganlar. Hozirgi kunda ko‘plab bo‘rdoqichilik, baliqchilik va parandachilik korxonalarida qoramol va parandalarga qon va shu kabi najosatlarni ularga em sifatida berilayotganini eshitib qolyapmiz. Bu kabi hayvonlar ham jallolaga kirib qoladimi yoki yo‘qmi? Shu o‘rinda fuqaholar nazdida qaysi hayvon jallola bo‘ladi? uning jallola bo‘lish sharti nimadan iborat? Shuni o‘rganib chiqsak. Qanday havon bo‘lmasin uning jallola bo‘lishi uchun ikki shart topilishi kerak. 1. O‘zi halol bo‘lsada emishining hammasi faqat najosat va nopok narsalardan iborat bo‘lsin. Undan boshqa pok emishi bo‘lmasin. 2. Najosatxo‘rligi va nopok ozuqa bilan oziqlangani uchun go‘shtidan najosat hidi zohir bo‘lib tursin. Hatto terlagandagi terisidan ham najosat hidi kelib tursin. Qaysi hayvonda shu ikki shart topilsa, unga jallola deb hukm qilinadi. Agar ikkisidan biri topilmasa ham jallolaga hukm qilinmaydi. Biror hayvon faqat najosat eyishga odatlanib. Undan boshqasini emasa, lekin go‘shtidan najosat hidi kelmasa, uni jallolaga hukm qilib bo‘lmaydi. Uni eyish karohiyatsiz joizdir. وروي ابن رُسْتُمَ رَحِمَهُ اللَّهُ عن مُحَمَّدٍ في النَّاقَةِ الْجَلَّالَةِ والشاة وَالْبَقَرِ الْجَلَّالِ أنها إنَّمَا تَكُونُ جَلَّالَةً إذَا تفتتت وَتَغَيَّرَتْ وَوُجِدَ منها رِيحٌ مُنْتِنَةٌ فَهِيَ الْجَلَّالَةُ حِينَئِذٍ لَا يُشْرَبُ لَبَنُهَا وَلَا يُؤْكَلُ لَحْمُهَا وَبَيْعُهَا وَهِبَتُهَا جَائِزٌ هذا إذَا كانت لَا تَخْلِطُ وَلَا تَأْكُلُ إلَّا الْعَذِرَةَ غَالِبًا فَإِنْ خَلَطَتْ فَلَيْسَتْ جَلَّالَةً فَلَا تُكْرَهُ لِأَنَّهَا لَا تَنْتُنُ Ibn Rustum imomi Muhammaddan jallola bo‘lib qolgan tuya, qo‘y va mol haqida: “Ular jallolaga aylanishi uchun ajralib, tabiati(najosat eydigan bo‘lib) o‘zgargan va ulardan badbo‘y hid keladigan bo‘lib qolgan bo‘lishi kerak. O‘shanda jallolaga aylanadi. Ularning suti ichilmaydi, go‘shti eyilmaydi. Ammo savdo va hibasi joiz. Jallola hukmida bo‘lishi uchun pok nopokni aralashtiradigan bo‘lmay aksar(taomining ko‘p qismi) nopok narsalar bo‘lishi kerak. Agar pok va nopokni aralashtirib eydigan bo‘lsa, jallola bo‘lmaydi. Unda makruh ham bo‘lmaydi. Chunki, (go‘shti va terisi)badbo‘y bo‘lmaydi. (Badoius sanoi’). الجلالة هي أكلة الجلة، أي العذرة وغيرها من النجاسات Jallola deb jallah ya’ni tezak va boshqa najosatlarga odatlangan jonzotga aytiladi. روى عن ابن عباس، أنه قال: نهى رسول الله(ص) عن شرب لبن الجلالة Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jallolaning sutini ichishdan man qildilar”. Sunan ashoblari rivoyat qilishgan. روي عن ابن عمر أنه قال: نهى رسول الله (ص) عن أكل الجلالة وألبانها Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam jallolaning (go‘shtini) eyishdan va sutini(ichish)dan qaytardilar. Sunan ashoblari rivoyat qilishgan. وروى أبو داود، أن النبي (ص)«نهى عن الجلالة في الإبل أن يركب عليها أو يشرب من ألبانها Nabiy sollallohu alayhi vasallam tuyaning jallolasini minish yoki sutini ichishdan qaytardilar” Abu Dovud rivoyati. الجلالة التي اذا قربت وجد منها رائحة فلا تؤكل و لا يشرب لبنها و لا يعمل عليها “Yaqiniga kelinganda badbo‘y hidi keladigan jallolaning go‘shti eyilmaydi, suti ichilmaydi va ustiga minilmaydi”. Roddul muhtor. Uning go‘shtidan foydalanish uchun badbo‘yligi ketgunicha em hashak va pokiza em bilan boqiladi. Buning uchun imomi Muhammadning “Mabsut” kitobida ma’lum vaqt belgilanmagan. “Tabyiynul haqoiq” kitobida tuya qirq, qora mol yigirma, echki qo‘ylar o‘n va tovuqlar uch kun pokiza taom bilan ushlab turiladi deyilgan. Roddul muhtor kitobida: “Tovuq uch kun, echki qo‘y to‘rt kun, tuya va molni o‘n kun pokiza em bilan tutib turiladi” deyilgan. “Badoius sanoi’” kitobida: “Eng afzali tovuqni qornidagi najosati ketgunicha tutib turiladi”. Imomi Muhammad : “Abu Hanifa rohmatullohi alayh qancha tutib turishda vaqt belgilamagan” degan va “Pok bo‘lgunicha tutib turiladi” degan. Yuqoridagi hukmlarga qaralganda o‘zining yo‘ldoshini eb qo‘ygan mol va echkilarni go‘shti va sutidan foydalanish va don bilan najosatlarni aralashtiralib boqilayotgan baliq, tovuqni eyishning zarari yo‘q. Chunki ular egan najosat ozdir. Yuqoridagi hukmlar faqat najosatxo‘r bo‘lganlarga tegishli. Vallohu a’lam!
27 Апрел 2022, 23:56 | Савол-жавоблар | 202 | Halol va harom