"Hashr" surasi, 22-24 oyatlar

Assalomu alaykum! Sunniy aqiydalar kitobining(2006 yildagisi) 94-betida berilgan imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhdan rivoyat qilingan hadisni biroz tushuntirib bersangizlar. Men oldin 3 marta «A’uzu billahis-samiy’il aliym minash shaytonir rojiym» deyman keyin basmalasiz 1 marta “Hashr” surasining oxirgi 3 oyatini o‘qiyman. Shu to‘g‘rimi yoki bir marta shu duoni o‘qib va bir marta 3 oyatni o‘qishim to‘g‘rimi? Shu ishni uch marotaba amalga oshiraman. Iltimos shu ishni tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 3 marta «A’uzu billahis-samiy’il aliym minash shaytonir rojiym»ni o‘qib, bir marotaba “Hashr” surasining oxirgi 3 oyatini o‘qishingiz to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 00:18 | Савол-жавоблар | 209 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar