Imtihondan oldingi duo

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men 3 xaftadan keyin imtihon topshiraman. Bu hayotimdagi eng muhim jarayonlardan biri. Shu sababli dinimizda imtihondan oldin qilinadigan duo yoki ibodatlar bormi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu borada sunnatda muayyan belgilab berilgan duolar kelmagan. Siz hadislarda xabari kelgan duolar ijobat bo‘ladigan vaqtlarda peshonani sajdaga qo‘yib chin dildan so‘rang. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَنْزِلُ رَبُّنَا تَبَارَكَ وَتَعَالَى كُلَّ لَيْلَةٍ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا حِينَ يَبْقَى ثُلُثُ اللَّيْلِ اْلآخِرُ، يَقُولُ: مَنْ يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ، مَنْ يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ، مَنْ يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Robbimiz tabaroka va taolo har kechaning oxirgi uchdan biri qolganida dunyo osmoniga nozil bo‘ladi va: «Kim Menga duo qiladiki, Men uni qabul qilsam, kim Mendan so‘raydiki, Men unga bersam, kim Menga istig‘for aytadiki, Men uni mag‘firat qilsam», deydi», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifdan tahajjud namozini kechaning oxirgi uchdan birida o‘qish afzalligi bilinadi. Chunki o‘sha paytda Alloh taolo dunyo osmoniga tajalli qilgan va duo, so‘rov va istig‘forlarni to‘siqsiz qabul qilayotgan bo‘ladi. Albatta, bunday fazilatli vaqtni tahajjud namozi bilan o‘tkazayotgan banda g‘oyat ulug‘ maqomlarga erishishi turgan gap. U vaqtda bandaning qilgan duosi Alloh taolo tomonidan darhol qabul bo‘ladi, so‘ragan narsasi beriladi, gunohlari kechiriladi. Shuning uchun bu amalga, ya’ni tahajjud namozini kechaning oxirgi uchdan birida o‘tashga yana ham mustahkam bo‘lmog‘imiz lozim. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَنْزِلُ اللهُ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا كُلَّ لَيْلَةٍ حِينَ يَمْضِي ثُلُثُ اللَّيْلِ الْأَوَّلُ، فَيَقُولُ: أَنَا الْمَلِكُ أَنَا الْمَلِكُ، مَنْ ذَا الَّذِي يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ، مَنْ ذَا الَّذِي يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ، مَنْ ذَا الَّذِي يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ، فَلَا يَزَالُ كَذَلِكَ حَتَّى يُضِيءَ الْفَجْرُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلِمُسْلِمٍ: إِنَّ فِي اللَّيْلِ لَسَاعَةً لَا يُوَافِقُهَا رَجُلٌ مُسْلِمٌ يَسْأَلُ اللهَ خَيْرًا مِنْ أَمْرِ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ إِلَّا أَعْطَاهُ إِيَّاهُ وَذَلِكَ كُلَّ لَيْلَةٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh har kechasi tunning avvalgi uchdan biri o‘tganida dunyo osmoniga nozil bo‘lur va: «Men podshohman! Men podshohman! Menga duo qiladigan bormi, uni qabul qilay! Mendan so‘raydigan bormi, unga beray! Menga istig‘for aytadigan bormi, uni mag‘firat qilay!» deydi. Toki fajr yorishgunicha shunday davom etadi», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Muslimning lafzida: «Tunda bir soat bordir. Musulmon odam Allohdan dunyo va oxirat ishidan yaxshilik so‘ragan holida muvofiq kelib qolsa, albatta, mazkur narsani unga beradi. Har kecha shunday», deyilgan. Sharh: Bu hadisi sharif ham oldingi hadisga juda o‘xshab ketadi. Shuning uchun Allohning tavfiqi ila ba’zi farqli joylarini bir oz sharh qilishga urinamiz. Bu hadisda Alloh dunyo osmoniga kechaning avvalgi uchdan biri o‘tganida nozil bo‘ladi, deyilmoqda. Bu avvalgi hadisga xilof emas, balki nuzul bo‘lishining avvali kechaning avvalgi uchdan biri o‘tganiga to‘g‘ri keladi, deganidir. Kechasidagi duo qabul bo‘ladigan soat esa tayinli ma’lum soat emasdir. Bu soat tunning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelishi ma’lum, boshqasi noma’lum. Shuning uchun bu soatni topish uchun ijtihod qilish kerak bo‘ladi. Bu esa albatta, doimiy ravishda tahajjud namozi o‘qish bilan bo‘ladi. SAJDADAGI DUO MUSTAJOB عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَقْرَبُ مَا يَكُونُ الْعَبْدُ مِنْ رَبِّهِ وَهُوَ سَاجِدٌ، فَأَكْثِرُوا الدُّعَاءَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bandaning Robbisiga eng yaqin payti u sajda qilganidadir. Bas, duoni ko‘paytiringlar», dedilar». Sharh: Namoz bandaning o‘z Robbisi bilan yakkama-yakka munojotidir. Namoz mo‘minning me’rojidir, u bandaning Allohning huzurida o‘zini eng xor va eng past tutgan holidir. Sajda esa namozning bandalik eng ravshan namoyon bo‘lib, xorlik va zorlik zohir bo‘ladigan joyidir. Bandaning zorligi qanchalar oshsa, Allohga shunchalar yaqinlashadi. Shuning uchun ham banda sajdada Robbisiga eng yaqin holda bo‘ladi. Robbisiga yaqin turganda so‘ragani qabul bo‘lishi shundan. Shuning uchun ham sajdada ko‘proq duo qilish kerak. Imom Muslim va Ahmadlar rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ogoh bo‘lingkim, men ruku’da va sajdada turgan holimda Qur’on qiroat qilishdan nahyi qilindim. Ammo ruku’da Allohni ulug‘langlar, sajdada esa duo qilishga ijtihod qilinglar. Ijobat bo‘lishi aniqdir», deganlar. وَعَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ فِي سُجُودِهِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذَنْبِي كُلَّهُ؛ دِقَّهُ وَجِلَّهُ، وَأَوَّلَهُ وَآخِرَهُ، وَعَلَانِيَتَهُ وَسِرَّهُ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sajdalarida : « اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي ذَنْبِي كُلَّهُ؛ دِقَّهُ وَجِلَّهُ، وَأَوَّلَهُ وَآخِرَهُ، وَعَلَانِيَتَهُ وَسِرَّهُ», der edilar». Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim, gunohimning kichigini ham, kattasini ham, avvalini ham, oxirini ham, oshkorasini ham, maxfiysini ham mag‘firat qilgin». عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: فَقَدْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَيْلَةً مِنَ الْفِرَاشِ، فَالْتَمَسْتُهُ فَوَقَعَتْ يَدِي عَلَى بَطْنِ قَدَمَيْهِ وَهُوَ فِي الْمَسْجِدِ وَهُمَا مَنْصُوبَتَانِ وَهُوَ يَقُولُ: اللَّهُمَّ أَعُوذُ بِرِضَاكَ مِنْ سَخَطِكَ، وَبِمُعَافَاتِكَ مِنْ عُقُوبَتِكَ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْكَ، لَا أُحْصِي ثَنَاءً عَلَيْكَ أَنْتَ كَمَا أَثْنَيْتَ عَلَى نَفْسِكَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rpada yo‘qotib qo‘ydim. Izlasam, qo‘lim oyoqlarining ostiga tegdi. U zot sajdagohda ekanlar, ikki oyoqlari tik turgan ekan. O‘zlari bo‘lsa اللَّهُمَّ أَعُوذُ بِرِضَاكَ مِنْ سَخَطِكَ، وَبِمُعَافَاتِكَ مِنْ عُقُوبَتِكَ، وَأَعُوذُ بِكَ مِنْكَ، لَا أُحْصِي ثَنَاءً عَلَيْكَ أَنْتَ كَمَا أَثْنَيْتَ عَلَى نَفْسِكَ der edilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Sharh: Duoning ma’nosi: «Allohim! Roziliging ila g‘azabingdan, ofiyating ila uqubatingdan panoh tilayman. Sen(ing Rahmating) ila Sen(ing uqubating)dan panoh tilayman. Senga Sen O‘zingga sano aytganingdek sano ayta olmayman. Bu ummatlarga ta’limdir. Avval aytganimizdek, sajdada «Subhana robbiyal a’la» aytiladi. Inson nafl va tungi tahajjud namozlarining sajdasida xohlaganicha duo qilishi mumkin. Ushbu hadislarda kelgan duolarni yodlab olsa, yana ham yaxshi. (Hadis va Hayot kitobidan). Albatta tungi namozlarni o‘qishda qazosi bor odam har kuni 1 kunlik qazolarini o‘qishi zarur. Buning uchun taxminan 1 soat kifoya qiladi. Mabodo qazolarini o‘qib tugatsa nafl o‘qiydi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 00:26 | Савол-жавоблар | 203 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar