Nikoh va taloq haqida

Assalomu alaykum! Avvalo sizlarga ming rahmat, Alloh rozi bulsin sizlardan. Sizlar sabab juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lyabman. Agar turmush o‘rtog‘iga bildirmasdan, uni roziligisiz yashirincha ikkinchi ayolni nikohiga olsa, bu nikoh haqiqiy xisoblanadimi?  (Yana bir narsani hisobga olish kerak, birinchi ayoli xar tamonlama erini rozi qila oladigan holatda).
2). Agar shu ikkinchi nikoxidagi ayolga, agar sen birinchi ayolimni yoniga borgudek bo‘lsang, “uch taloqsan” desa, ayoli baribir borgan bo‘lsa taloq tushadimi? Agar savolni tushinarsiz bergan bulsam uzr so‘rayman. Oldindan minnatdorman sizlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Dinimiz nikohda shart qilgan nikohning shartlari topilsa, nikoh bog‘lanadi. 2). Uch taloq tushadi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 00:43 | Савол-жавоблар | 245 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar