Yangi dastur haqida

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Hurmatli ustozlar, bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar uchun internetni ishlash tezligini sun’iy ravishda bir necha martaga ko‘paytirib beruvchi dasturlar chiqib ketibdi. Shulardan foydalanishning hukmi qanday?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar tezlik hammaga bir xilda tarqatilib, bu dastur orqali o‘zgalarning haqlarini ham o‘zi tarafga burib olish bo‘lsa, bunday qilish harom. Bu xuddi hammaga teng tarqalayotgan suvni, boshqalardan bo‘g‘ib, o‘ziga ko‘paytirib olish kabidir. Agar hech kimga zarar bo‘lmasa joiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:05 | Савол-жавоблар | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar