Kur’on tartili
Assalomu alaykum! S: Tajvidning shar’iy hukmi nima? J: Uni nazariy jihatdan bilish farzi kifoya, unga amal qilish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzi ayndir.Mana shu ma’lumotga tushunmadim.Amal kilish uchun bilish zarur.Nazariy bilim esa farzi kifoya deyilgan bilishimcha xar bir musulmon uchun emas.Iltimos,shuni izoxlab bersangizlar,ilmizligim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tajvidning nazariy jihati deganda maxraj va nutq tovushlarining sifatlarini nomlarini bilish va farqlash, mad turlarini bilish va farqlash, nun va mimga doir qodilarni nomlari bilan bilish, vaqf turlarini ajratish kabi qoidalar tushuniladi. Ammo bu qoidalarning aksarini inson bilmasa ham tabiiy ravishda amalga oshiraveradi. Xususan, toza arab bo‘lgan kishilarning adabiy so‘zlashuvida tajvid qoidalarining bir qanchasi ado topadi. Ular ma’lum o‘rinda qanday qoida borligini bilmasa ham, amalda uni ijro qiladi. Shuningdek, tinglash orqali va taqlid bilan ham tajvid qoidalarini ado etish mumkin. Bunga juda misol ko‘p. Ayrim bolalar og‘zaki ta’lim natijasida tajvidga amal qilishni shunday o‘zlashtiradiki, hayron qolasiz, ammo buni qaysi qoidaga muvofiq qilding, desangiz, hech nima bilmaydi. Ustozdan tinglab va kasseta ko‘p eshitganidan tajvidga muvofiq tilovat qiladigan qorilar qancha. Ular tajvid haqida hech nima bilishmaydi, ammo tajvidga muvofiq qiroat qilishadi. Savolingizga javob qoniqarli bo‘ldi, deb umid qilamiz. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 01:13 | Савол-жавоблар | 144 | Qur’oni karim