Badiiy kitoblar o‘qish
Assalomu alaykum! Men juda ko‘p turli xil badiiy kitoblar o‘qiyman. Misol uchun jaxon adabiyoti, sarguzasht yoki fantastik romanlar. Dinimizda bunga ruxsat bormi? Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shirk va kufrga olib bormaydigan badiy kitoblarni o‘qishda shar’an mone’lik yo‘q. Lekin o‘sha kitoblarni o‘qishga ketkazgan vaqtda dunyo va oxiratga foydali ilmiy kitoblarni o‘qigan afzal. Inson har bir o‘qigan narsasidan ta’sirlanadi, qalbiga o‘shandan nasiba bo‘ladi. Qalbga nima kirsa insonning harakati ham o‘shanga qarab bo‘ladi. Hech kimsa qalbim toza, pok yoki nopok deyishiga hojat yo‘q. chunki uning kiyinishi o‘zini tutishi, so‘zlashi, hatti harakati uning qalb qudug‘idagi suvi qandayligiga dalolat qiladi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 01:34 | Савол-жавоблар | 170 | Kitoblar