Erim boshka ayolga uylanmokchi

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari,Kilayotgan ishingizda Alloxning uzi madadkor bulsin.Meni boshimga bir musibat tushdi. Shu masalada sizning maslaxatingizni suramokchi edim.Erim uzi bilan ishlaydigan bir ayol bilan xufyono uchrashib yurar ekan. Bu narsani u ayolning Eri bilib kolib u bilan ajrashibdi. Shu vokeadan sung erim usha ayolni nikoxiga olibdi va u va uning bolalari ta’minlashiga axdlashibdi. Men buni bilib kolib rosa karshilik kildim, ammo erim tushunishni xoxlamadi. Shundan sung meni uydagilarim olib ketishdi va biroz vakt utgandan sung Erim u ayolni Talogini berganligini ukam orkali menga xabarini berdi. Shundan sung men Yana erimni uyiga kaytdim, ammo keyinchalik bilsam Erim usha ayol bilan orani buzmagan ekan va yashashni davom ettirayotgan ekan. Men Erimga «nega unday kilasan», desam : «Chidasang shu ! bulmasa seni xam javobingni beraman» deyapti. Sungra, masalaga oydinlik kiritish maksadida, men u ayolga telefon kilib gaplashdim, va undan kuyidagi javobni oldim: «Eringiz uzi meni kuymayapti, xavotir olma, birga yashaymiz deb, Eringiz meni uz nikoxiga xufyona olgandi. Vaziyat keskinlashgach, senga nomiga talok beraman keyinchalik yana kayta nikoxlab olaman degan». Men bilan Erimni beshta farzandimiz bor, u ayolni 3 ta farzandi bor (oldingi eridan). Erim moddiy ta’minlay oladi xar ikala oilani xam.Shayx xazratlari men nima kilay, maslaxat bering?1. Erimni xaki bormi u ayol bilan yashashga? Axir talogini berdim degandi-yu ukam orkali.Javobingizni umid Bilan kutaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sabr qiling. Taloq masalasini o‘zidan so‘rab aniqlanmasa, bir narsa deyish qiyin. Ukangizga yolg‘on gapirgan bo‘lishi ham mumkin.

28 Апрел 2022, 02:27 | Савол-жавоблар | 179 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar