Nikoh masalasi

Assalomu alaykum! Azizlar bir do‘stimninig qizi oilasi buzilib bir yildan beri otasini uyida yashamoqda (bilishimcha eri javobini bergani yo‘q). Hozir do‘stimning qiziga boshqa insondan sovchi kelayotgan ekan, men ularga eri taloq qilmaguncha boshqa erga tegishi mumkin bo‘lmasa kerak dedim. Keyin sizlardan yana bir bor so‘rab sizlarni javoblaringizni ham aytay degan edim. Men to‘g‘ri aytdimmi yoki ancha vaqt eridan ayri yashasa keyin boshqa erga tegsa bo‘laveradimi? Javoblaringiz uchi oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri aytibsiz. Birovning nikohidagi ayolni talog‘ini bermasdan boshqa erga tegishi harom, nikohi ham bog‘lanmaydi. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 03:10 | Савол-жавоблар | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar