Tushda azon eshitish

Assalomu alaykum! Tushda azon eshitishning ta’biri qanday bo‘ladi? Men bomdoddan keyin biroz dam olay deb o‘rnimga yotdim, tushimda "bir yigit (bu yigit tanish tuyuldi lekin tanimadim) bir tepalikda turib juda chiroyli ohangda azon aytayotgan edi", azon tugashi bilan telefonimning qo‘ng‘iroqli soat(budilnik)i jiringlab uyg‘ondim. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tushdagi azon ko‘ruvchi va azon aytuvchining e’tibori bilan turlicha ta’bir qilinadi. Agar haj oyi ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oylarida bo‘lsa hajga borishga dalolat qiladi. Vallohu a’lam.

20 Апрел 2022, 19:45 | Савол-жавоблар | 420 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar