Qiz tanlashdagi ikkilanish

Hazrat bir do‘stim ko‘p vaqt davomida uylanishi uchun taqvoli qiz izladi, ammo topilavermadi. Bir kuni u menga shahrimiz imomi menga "Sen namoz o‘qimaydigan, hijob o‘ramaydiganiga uylangin. Seni da’vating bilan namoz va hijobga kirsa katta savob olasan" debdi. Meni o‘ylantirgan narsa, qiz avvaliga hamma shartga rozi bo‘lib, so‘ng ozroq yashagandan so‘ng qiyinchiliklar kelishi bilan yana o‘z holiga qaytishi va eng achinarlisi do‘stimni ham gunohda qoldirishi mumkin emasmi? Men faqat yomon jihatini o‘ylaganim yo‘q, ammo odamlar orasida iymondan xuddi o‘q kamondan otilgandek tez chiqib ketganlari ko‘p uchraydi. U qanday yo‘l tutgani yaxshi? Yoki men aralashmayinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shuning uchun taqvoli qiz toping. Izlasa topiladi, inshaAlloh.

26 Май 2022, 20:32 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar