Gunoh ishlar bor joyda ishlash

Men mehmonkhonalarning birida kompyuter mutaxassisi bo‘lib ishlayman. Men ishlayotgan mehmonxonada aroq-sharob (mast qiluvchi ichimliklar) sotiladi va shundan daromad olinadi. Shu mehmonxonaning restoranida ichiladi va yana ushbu mehmonxonalarga zino qilish maqsadida keluvchilar ham bor. Ba’zi mehmonlar ana shu zinokor ayollarni chaqirishadi. Men bu mehmonxonada oylik maoshga ishlayman. Ichkilik, zinoga yaqinlamayman. Savolim shuki, mening ana shunday mehmonxonalarda ishlashim qanchalik to‘g‘ri? Men bunday erlardan ishdan chiqib ketganim yaxshimi? Ushbu savolim faqat mehmonxonalarga emas umuman gunoh aralashgan joylarda (masalan banklarda) ishlash haqida. Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday joylardan chetda bo‘lish kerak.

20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar