Oilaviy muxit
Assalomu alaykum! Men kelin bo‘lib tushkan xonadonda namoz o‘qiladi. Ammo qaynonam erimni oldida bemalol echinib kiyinadi. Erim xam qaynonam uxlab yotgan xonaga kirib chiqaveradi. Menga bu yoqmaydi. Qaynonam xam men yo‘k bo‘lsam erimni uyg‘otishga kiraveradi. Qaynotam esa bemalol ichki kiymini ustidan (banne xalat) kiyib xovlida meni oldimda yuraveradilar. Bular menga yoqmayapti. Erimni qaynona va qaynotamni vaziyatiga nima maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish to‘g‘ri emas. Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لِيَسْتَأْذِنكُمُ الَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ وَالَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا الْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ مِن قَبْلِ صَلَاةِ الْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ الظَّهِيرَةِ وَمِن بَعْدِ صَلَاةِ الْعِشَاء ثَلَاثُ عَوْرَاتٍ لَّكُمْ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌ بَعْدَهُنَّ طَوَّافُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَى بَعْضٍ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمُ الْآيَاتِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 58. Ey iymon keltirganlar! Qo‘lingizda mulk bo‘lganlar va o‘zingizdan balog‘atga etmaganlar sizdan uch vaqtda izn so‘rasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda, kiyimlaringizni echadigan paytingizda va xufton namozidan so‘ng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo‘q. Ular atrofingizda aylanib yuruvchidirlar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizning (atrofingizda aylanib yuruvchilarsiz). Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir.
Oldingi oyatlarda birovning uyiga kirish uchun albatta izn so‘rash lozimligi aytilgan edi. Ushbu oyati karimada esa uy ichidagilar ham bir-birlarining oldiga kirish uchun izn so‘rashlari kerakligi haqida gap yuritilmoqda.
Avvallari qul va cho‘rilar, hozirda uy xizmatchilari, odatda, xonadon ichida aralashib yuradilar. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalar ham. Ko‘plar bu holatlarga bepisandlik bilan qaraydilar. Aslida esa «bu qul, bu cho‘ri» yoki «bu o‘zimizning xizmatchimiz-ku», yoxud «bu o‘zimizning balog‘atga etmagan kichik bolamiz-ku» demasdan, hushyor bo‘lish kerak. Qul va xizmatchilardan ham avratni ehtiyot qilgan ma’qul. Bolalarning esa odob-axloq doirasida tarbiya topishlariga ahamiyat berish kerak. Shuning uchun ham Alloh taolo bu ishga alohida e’tibor qaratib, Qur’oni Karimda oyatlar nozil qilib, uning hukmini bayon qilmoqda.
«Ey iymon keltirganlar! Qo‘lingizda mulk bo‘lganlar va o‘zingizdan balog‘atga etmaganlar sizdan uch vaqtda izn so‘rasinlar».
Ya’ni qul va cho‘rilaringiz hamda balog‘atga etmagan kichik yoshdagi bolalaringiz siz turgan xos joyga kirishdan oldin uch vaqtda izn so‘rasinlar. O‘sha vaqtlarning birinchisi:
«...Bomdod namozidan oldin...»
Chunki bu vaqtda odam hali o‘rnida yotgan bo‘ladi. Agar ular izn so‘ramay kirsalar, noqulay holat yuzaga kelishi mumkin.
Ikkinchisi:
«...Peshinda, kiyimlaringizni echadigan paytingizda...»
Ayniqsa, Qur’on nozil bo‘lgan issiq o‘lkalarda Peshin vaqtida echinmasdan salqinlashning, dam olishning hech iloji yo‘q. Bu paytda ham iznsiz kirish noqulay va gunoh ishga sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur vaqtlarning uchinchisi:
«...Xufton namozidan so‘ng».
Bu vaqtda ham kishilar echinib, dam olayotgan bo‘ladi.
«(Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir».
Ya’ni avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun qul va cho‘rilar ham, balog‘atga etmagan yosh bolalar ham izn so‘rab kirsinlar.
«Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo‘q».
Ya’ni o‘sha vaqtlardan boshqa payt qul-cho‘rilaringiz va balog‘atga etmagan yosh bolalaringiz izn so‘ramay kirsalar, hech biringizga gunoh yo‘q. Chunki
«Ular atrofingizda aylanib yuruvchidirlar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizning (atrofingizda aylanib yuruvchilarsiz)».
Odatda, xizmatchilar va yosh bolalarning kirib-chiqishlari ko‘p bo‘ladi. Ularga har kirishda izn so‘rash joriy qilinsa, qiyinchilik tug‘iladi. Shuning uchun mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn so‘ramay kirishlariga ruxsat berildi.
«Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir».
Alloh o‘ta biluvchi, o‘ta hikmatli Zotdir.
Uning har bir oyati, har bir hukmi ilmga, hikmatga asoslangandir.
Balog‘atga etgan bolalarning izn so‘rash hukmi kelgusi oyatda bayon qilinadi: وَإِذَا بَلَغَ الْأَطْفَالُ مِنكُمُ الْحُلُمَ فَلْيَسْتَأْذِنُوا كَمَا اسْتَأْذَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ كَذَلِكَ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ آيَاتِهِ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 59. Qachon sizning yosh bolalaringiz balog‘atga etsalar, ulardan oldingilar izn so‘raganlaridek, izn so‘rasinlar. Alloh O‘z oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh o‘ta biluvchidir, o‘ta hikmatlidir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 157 | Oila va turmush