Mazhabimizda xamrning hukmi

Assalomu alaykum! Qadrli Ustozlar, Koreyada bazi makaronlarning tarkibiga, pamidor pasta(tamat)larga etanol (spirti)ni qo‘shishadi. Pepsilarida ham bor (yurtimizdagi Pepsilarda yo‘q lekin). Shu maqsadda internetdan inglizcha so‘zlar bilan izlab ko‘rgan edim. Aytilyaptiki, (aslida bu mavzu ozgina bahsli ekan) Hanafiy mazhabida hamr deyilganda uzum, bug‘doy va hurmodan qilingan mast qiluvchi ichimliklar tushunilib, endi bu ichimliklarning ozimi yoki ko‘pi harom ekan. Lekin, bulardan boshqalaridan tayyorlanganlari esa ko‘pi harom, juda oz miqdori joiz ekan (masalan dorilar tarkibida va o‘sha Pepsining tarkibidagi. Chunki ular mast qilmas ekan). Avvalo mana shu ma’lumotlar qay darajada haqiqatga yaqin? O‘sha «ozgina» ning miqdori bormi? Aytganimday, masalan tomat pastasidagi o‘sha guruchdan qilinadigan etanol bunga misol bo‘la oladimi? Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha miqdor misol bo‘la oladi. To‘g‘ri o‘qibsiz. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 04:49 | Савол-жавоблар | 134 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar