TAKINChOKLAR ZAKOTI
Avvalambor ‘‘Tankid kelajak mevasi‘‘ mavzusida nourin uzr surabsiz. Bilaks, men sizdan uzr suragan edim. Ushanda birodarlar bilan xar-xil nom bilan savol bergan edik, xali xam javob olmadik. Xozirgi savolim ; -Ayol kishi uz takinchoklaridan nisobga etganda zakot beradimi? Buvisi sovga kilgan tilla takinchok nisobga etsa-yu , kiz bola balogatga etmagan bulsa zakoti nima buladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol kishi uz takinchoklaridan nisobga etganda zakot beradimi? Buvisi sovga kilgan tilla takinchok nisobga etsa-yu , kiz bola balogatga etmagan bulsa zakoti nima buladi? AYoL KIShINING TILLO VA KUMUSh TAQINChOQLARI ZAKOTIUshbu masalada ulamolar ham, fiqhiy mazhablar ham ikki toifaga bo‘linishgan. Biz mazhablarni olamiz;1. Hanafiy mazhabi, ayollarning taqinchoqlaridan Zakot chiqariladi, degan.2. Molikiy, Shofe’iy va Hanbaliy mazhablari ayollarning odatdagi tillo va kumush taqinchoqlaridan Zakot chiqarish farz emas, deganlar.Ularning ikkalasi ham biz o‘rgangan rivoyatlar yoniga yana bir qancha rivoyatlar qo‘shadilar. Lekin, har ikki tarafning rivoyatlari o‘ziga ma’qul bo‘laveradi.Hanafiylar, biz hadisga suyanmoqdamiz, sizlar sahobalarning asarlariga suyanmoqdasizlar, deyishadi.Jumhur esa, siz keltirayotgan hadislar avvalo uncha kuchli emas, qolaversa ayollarga tillo-kumush taqinchoqlar halol qilinishidan oldin aytilgan hadislar, biz esa o‘sha daqiq narsalarning yaxshi bilgan sahobiylarning amalini dalil qilib keltiramiz, deydilar.So‘ngra aqliy-mantiqiy dalillarga navbat keladi. Hanafiylar, taqinchoqlar naqd pul uchun ko‘zlangan ma’danlar-kumush va tillodan yasaladi, bu ma’danlardan doimo Zakot chiqarib kelingan va kelinmoqda, ulardan taqinchoq bo‘lganda ham Zakot chiqarilishi kerak, deydilar.Jumhur esa, taqinchoqlar yasalgandan keyin ular pullik qobiliyatini yo‘qotadi, bu narsalar ayollarning shaxsiy hojatlarini chiqaradigan narsaga aylangan, Zakot esa o‘suvchi va o‘sishga qobiliyatli moldan, insonning hojatidan tashqari moldan olinadi, shuning uchun ayollarning tillo va kumush taqinchoqlaridan Zakot olinmaydi, deydilar.Eslatib o‘tishimiz kerakki, bu tortishuv nisob miqdoridan ortiq, ya’ni, sakson besh grammdan ortiq bo‘lgan taqinchoqlar haqida ketmoqda.Demak, Hanafiy mazhabiga amal qilgan ayollar o‘zlarining tillo taqinchoqlarini 85 grammdan ortiq bo‘lsa, kumush taqinchoqlari 595 garammdan ortiq bo‘lsa-Zakot beradilar. Zakot berganda ular qiymatining ikki yarim foizini chiqaradilar.Ushbu narsalardan Zakot chiqarish haqida kishilar o‘rtasida gap-so‘z, savol so‘roq juda ham ko‘p. Savollar bir og‘iz so‘z bilan yoki bir yoqlama javob berishni ko‘zlab beriladi. Ko‘rinib turibdiki, masala oddiy masala emas, tafsilotlar lozim bo‘lgan masala. Shuning uchun, uni yaxshilab o‘rganib olib, hayotga tatbiq qilishimiz kerak. Ayollarimiz ham o‘zlariga tegishli bo‘lgani uchun bu masalani yaxshi tushunib olishlari, qizlarimizga ham tushuntirib qo‘yishimiz lozim. Shariatga muvofiq ishda xayru baraka. Savob va nihoyat ko‘ngil to‘qligi bor.2. Mukallaf deganda shariat hukmlari unga nisbatan taklif qilingan, ya’ni, qilishi farz bo‘lgan shaxs tushuniladi. Bu erda asosan balog‘atga etganlik va oqillik ko‘zda tutilgan. Shuning uchun, balog‘atga etmagan bolalarga va majnunlarga zakot farz bo‘lmaydi.
28 Апрел 2022, 05:08 | Савол-жавоблар | 185 | Boshqa ibodatlar