Shifokorlar xaqida
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda shifokorga nisbatan insonlarda xurmatsizlik avj olib bormoqda, rahmat o‘rniga do‘q po‘pisa qilish urfga aylanib bormoqda, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, lekin bitta yomon shifokorni deb qolganlariga xam xurmatsizlik qilishlariga chidab bo‘lmaydi. So‘ramoqchi bo‘lgan savolim shuki shifokorni xurmat qilish vojibmi? Insonlarda shifokorlarga nisbatan xurmatni shakllantiradigan ma’lumotlar berib borsangiz, zero mexr ko‘zda deyishadi, shifokorni xurmat qilsa, shifokorning xam o‘z kasbiga qiziqishi va mexri oshadi, xurmatsizlik xech qachon yaxshilikka etaklamaydi, tabiblar maqomi xaqida audio ma’ruzani eshitib ko‘rsangiz, bu ma’lumotlar to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda guruchdan ko‘ra kurmak ko‘payib ketib qoldi. Tabobatning eng birinchi shartlaridan bo‘lgan “Niyatni to‘g‘ri qilish” degan narsa topilmay qoldi. Uning o‘rniga iqtisod asosiy maqsad bo‘ldi. Natijada kasallikning tomirini qirqish o‘rniga shoxi qirqilmoqda, ko‘p o‘rinlarda esa barginigina to‘kib turish maqsad bo‘lib qolmoqda. Natijada bemorlar katta mablag‘ sarflab, kasallikni tomirini qirqib, butkul davolaydigan joylarga ketib qolishmoqda. Bu o‘rinda o‘shancha mablag‘ va ovoragarchiliklarga, qisqa qilib aytsa isrofga yoki niyati buzulgan shifokorlar yoki o‘z fanini mutaxassisi bo‘lmagan shifokorlar sabab bo‘lishmoqda. Niyati to‘g‘ri o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lgan shikorlar hamisha izzatda, halqimiz e’zozidalar. Izzatni talab qilinmaydi, balki unga erishiladi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 05:08 | Савол-жавоблар | 163 | Tabobat