Sunnat hukmi
Assalomu alaykum! Sunnat va mustahabning hukmi nima? Agarda sunnatni bajarmasa gunoh bo‘lmaydimi? Javob uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! BA’ZI FIQHIY ISTILOHLAR Boshqa ilmlardagi kabi, fiqh ilmida ham o‘ziga xos istilohlar bor. Mazkur istilohlarni yaxshilab tushunib olish kishiga fiqhni anglab etishda katta yordam beradi. Quyida o‘sha istilohlarning ba’zilari bilan tanishamiz. 1. Farz. Shariat jazm ila, shubhasiz va qat’iy dalil bilan talab qilgan ish farzdir. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin: Qur’oni Karim ila sobit bo‘lgan farz amalga Islomning besh rukniga o‘xshash amallar kiradi. Mutavotir va mashhur sunnat ila sobit bo‘lgan farzga namozda qiroat qilishni misol keltirish mumkin. Ijmo’ ila sobit bo‘lgan farzga to‘rt xil taom – bug‘doy, arpa, xurmo va tuzlarning ba’zilarini ba’zilariga nasiyaga sotish haromligi misol bo‘ladi. Farz amalni qilish lozim va lobuddir. Uni qilgan odam savob oladi. Farz amalni qilmagan odam osiy bo‘lib, iqobga qoladi. Farzni inkor qilgan kofir bo‘ladi. 2. Vojib. Shariat jazm ila, ammo qat’iy bo‘lmagan dalil bilan talab qilgan amal vojibdir. Fitr sadaqasi, vitr namozi va ikki iyd namozlari kabi amallar vojib amallardir. Vojib amalni qilish lozim va lobuddir. Uni qilgan odam savob oladi. Lekin vojibning savobi farznikidan ozroq bo‘ladi. Vojib amalni qilmagan odam osiy bo‘lib, iqobga qoladi. Lekin uning iqobi farzni qilmaganning iqobidan ozroq bo‘ladi. Vojibni inkor qilgan kofir bo‘lmaydi. Hanafiy mazhabidan boshqa mazhablar farz va vojibni bir narsa deb tushunadilar va ikkisini qo‘shib «vojib» deb ataydilar. Ammo Hanafiy mazhabi yuqoridagi daqiq farqni e’tiborga olib, ikkisini alohida hukmlar deb biladi. 3. Sunnat. Shariat jazm etmasdan talab qilgan, uni qilgan odam savob olib, qilmagan mazammat qilinmaydigan amal «sunnat» deyiladi. Qarz oldi-berdisini vasiyqa sifatida yozib qo‘yish haqidagi hukm buning misolidir. Sunnat amalni qilgan odam savob oladi. Uni tark etgan odam iqob qilinmaydi. Unday kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning malomatlariga va itoblariga qolishi mumkin. Hanafiylardan boshqalar sunnatni mandub, nafl, mustahab, tatovvu’, ehson va hasan kabi nomlar bilan ham ataydilar. Hanafiylar esa sunnat bilan mandub va mustahabning orasida farq bor, deydilar. Sunnat ta’kidlangan amal bo‘lib, dinda shart bo‘lmagan, ammo uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilib yurganlar va ba’zan uzrsiz tark qilganlar. Mandub yoki mustahab esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda qilmagan amallardir. Hanafiylar Sunnatni bir necha turga taqsimlaydilar: 1. Sunnati muakkada. Jamoat namoziga o‘xshash amallar. 2. Sunnati mashru’a. Dushanba va payshanba kunlari ro‘zasini tutishga o‘xshash amallar. 3. Sunnati zoida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eyish-ichishlari, kiyinishlari, yurish-turishlari, uxlashlariga ergashishga o‘xshash ishlar. 4. Harom. Shariat tark qilishni shubhasiz, qat’iy dalilga suyanib, jazm ila talab qilgan narsa haromdir. Odam o‘ldirish, aroq ichish, zino va o‘g‘rilik qilish kabilar shu jumladandir. Haromdan chetda bo‘lish farzdir. Uni qilgan odam uqubatga sazovor bo‘ladi. Harom yana ma’siyat, gunoh deb ham ataladi. Haromni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi. 5. Makruhi tahrimiy (harom hisoblanadigan makruh). Shariat (ohod xabarlarda) qat’iy bo‘lmagan dalil ila tark qilishni jazm ila talab qilgan narsa makruhi tahrimiy bo‘ladi. Bunga birovning savdosi ustiga savdo qilish yoki sovchiligi ustiga sovchilik qilish, erkaklarning ipak yoki tilladan kiyim yoki taqinchoq sifatida foydalanishi kabi ishlar misol bo‘ladi. Hanafiylarda makruhi tahrimiyni qisqa qilib «makruh» deb qo‘yiladi. Ularning nazdida makruhi tahrimiy haromga juda yaqin narsa hisoblanadi. Ammo uni inkor qilgan kishi kofir bo‘lmaydi. 6. Makruhi tanzihiy (ozodalik makruhi). Shariat tark qilishni jazm bo‘lmagan va uqubat tayin qilmagan holda talab qilgan narsa makruhi tanzihiydir. Bunga mushuk va yirtqich qushlar tekkan suv bilan tahorat qilish, sunnati muakkada ishlarni tark qilish kabilar misol bo‘ladi. Makruhi tanzihiyni tark qilgan odam savob oladi. Uni qilgan odam iqobga uchramasa ham, malomatga qoladi. 7. Muboh. Shariat tomonidan mukallaf kishiga qilish yoki qilmaslik ixtiyori teng berilgan narsa mubohdir. Emoq yoki ichmoqqa o‘xshash narsalar, haromligi yoki man qilingani haqida hukm kelmagan barcha narsalar mubohdir. Muboh narsani qilganga ham, qilmaganga ham savob ham, itob ham yo‘q. Ammo muboh narsani qilmaslik halokatga olib boradigan bo‘lsa, uni qilish vojibga aylanadi. Misol uchun, taom emaslik o‘limga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, uni eyish vojibga aylanadi. 8. Shart. Bir narsaning vujudga kelishi unga bog‘liq bo‘lgan va o‘zi o‘shandan tashqarida bo‘lgan narsa shartdir. Misol uchun, tahorat namozning shartlaridan biridir. Tahorat bo‘lmasa, namoz vujudga kelmaydi. Ammo tahorat namozdan tashqarida qilinadi. 9. Rukn. Bir narsaning vujudga kelishi unga bog‘liq bo‘lgan va o‘zi o‘shandan bir bo‘lak bo‘lgan narsadir. Misol uchun, sajda namozning ruknlaridan biridir. Sajda bo‘lmasa, namoz vujudga kelmaydi. Shu bilan birga, sajda namozning bir bo‘lagi bo‘lgani uchun uning ichida qilinadi. 10. Ado. Qilinishi lozim bo‘lgan narsani shariatda belgilangan vaqtda qilishni «ado» deyiladi. 11. Qayta qilish. Qilinishi lozim bo‘lgan narsani belgilangan vaqt ichida ikkinchi marta qilishga «qayta qilish» deyiladi. 12. Qazo. Qilinishi lozim narsani belgilangan vaqtidan keyin qilishni «qazo» deyiladi. Imom Buxoriy va imom Muslim Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozidan uxlab qolsa yoki uni esidan chiqarib qo‘ygan bo‘lsa, uni eslaganida o‘qib olsin. Uning bundan boshqa kafforoti yo‘qdir», deganlar. Uxlab qolgan va esidan chiqargan odamga dangasalik yoki qasd ila namozni tark qilgan odam qiyos qilinadi. Chunki namozning farzligi har doim zimmada bordir. Farz narsa qilinmagunicha zimmadan tushmaydi. “Kifoya”. Vallohu a’lam.
28 Апрел 2022, 05:19 | Савол-жавоблар | 215 | Turli savollar