Onaga nasihat
Assalomu alaykum! Bir inson o‘z onasiga har xil bidat, isrofgarchilik, irim-sirim ishlarni yaxshi emasligini yaxshi gapirib tushuntirsa, lekin ona qaysarlik qilib bolasini gapiga kirmasa. Keyin bola shu ishlarni qilmang deb qattiqroq gapirishi mumkinmi? Bir imom : bu vaziyatda inson savob ish qilaman deb qattiq gunohga botadi. Onaga shunday vaziyatlardayam sekin tushuntiriladi agar tushunmasa o‘z bilganidan qolmasa o‘z holiga qo‘yiladi - dedi. Onani xafa qilmay deb ko‘rib bilib turib bid’atlarga indamay qo‘yishlik kerakmi? Bu erda asosiy masala sekinroq gapirib tushuntrolmasa qattiqroq gapirib qaytarish mumkinmi haqida ketmoqda. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom to‘g‘ri aytibdi. Qattiq gapirib qo‘pollik qilish mutloq joiz emas. O‘zingiz ularga shariatga amal qilib o‘rnak bo‘lishingiz, chiroyli va odob bilan gapirib, ularning haqqlariga duo qilib, qalbini Alloh taologa topshirishingiz kerak va gaplari o‘tadigan odamlarni ishga soling. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 05:51 | Савол-жавоблар | 168 | Oila va turmush