Hadisni arabcha yozib beringlar
Assalomu alaykum! Imom Muslimning «Sahih» kitoblarida kelgan xadis: «Oisha onamiz roziyalloxu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qabr ahllariga istig‘for aytsangiz nima deysiz?»-deb so‘rdilar. U zot sollallohu alayxi vasallam: «Assalomu alaykum, ey mo‘min va musulmonlar diyori ahli. Alloh bizdan va sizdan oldin o‘tganlarniyu, keyin qolganlarni rahm qilsin. Va albatta, biz xam sizlarga kelib qo‘shilamiz» degan deb javob berganlar.
Shu Istig‘forni asl ya’ni arab tilida yozib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! بَابُ مَا يُقَالُ عِنْدَ دُخُولِ الْقُبُورِ وَالدُّعَاءِ لِأَهْلِهَا 35-BOB. QABRISTONGA KIRGANDA AYTILADIGAN NARSALAR VA QABR AHLIGA QILINADIGAN DUO HAQIDA عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُما، أَنَّهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كُلَّمَا كَانَ لَيْلَتُهَا مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْرُجُ مِنْ آخِرِ اللَّيْلِ إِلَى الْبَقِيعِ، فَيَقُولُ: «السَّلَامُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ، وَأَتَاكُمْ مَا تُوعَدُونَ غَدًا، مُؤَجَّلُونَ، وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَاحِقُونَ، اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِأَهْلِ بَقِيعِ الْغَرْقَدِ». وَلَمْ يُقِمْ قُتَيْبَةُ قَوْلَهُ: وَأَتَاكُمْ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har safar mening navbatim bo‘lganda tunning oxirida Baqi’ga chiqib, «Assalomu alaykum, mo‘min qavmning diyori! Sizlarga ertaga deb va’da qilingan narsa keldi. Kechiktirilgansiz. Biz ham, Alloh xohlasa, sizlarga etishamiz. Allohim, Baqi’ul-g‘arqad ahlini mag‘firat qil», deb aytar edilar». * Baqi’, Baqi’ul-g‘arqad – Madinada, Masjidi nabaviyning chap tarafida joylashgan qabriston. Izoh: Shorihlar «Kechiktirilgansiz» degan iborani «Sizlarga o‘lim etgan, lekin ajru savob yoki jazoni to‘liq olishingiz keyinroq, kiyomat kunida bo‘ladi», degan ma’noda izohlashgan.(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Muslim). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 06:02 | Савол-жавоблар | 155 | Hadislar