Paranoyya

Assalomu alaykum! Qilayotgan xayrli ishlaringizga Alloh sizlarga ajr-savoblar bersin. Paranoya(biror bir yomon narsa sodir bo‘lishidan qo‘rqish, xadiksirash)dan qanday qutulsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ». رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillaahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kechqurun bo‘lguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim». «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan. Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak. Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda eru osmonda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». Keyin quyidagi hadisda kelgan duo o‘qiladi: عَنْ ثَوْبَانَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ قَالَ إِذَا أَصْبَحَ وَإِذَا أَمْسَى: رَضِيْنَا بِاللهِ رَبًّا، وَبِالْإِسْلَامِ دِينًا، وَبِمُحَمَّدٍ رَسُولًا إِلَّا كَانَ حَقًّا عَلَى اللهِ أَنْ يُرْضِيَهُ Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ertalab va kechqurun: «Roziynaa billaahi robban va bil Islami diynan va bi Muhammadin Rasulan», desa, albatta, Alloh uchun uni rozi qilish haq bo‘lur», dedilar». Duoning ma’nosi: «Allohni Robb deb, Islomni din deb va Muhammadni Rasul deb rozi bo‘ldik». ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:02 | Савол-жавоблар | 160 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar