Kinolarning xalqimiz e’tiqodiga ta’siri

Assalomu alaykum! Televizorda yangi serial boshlabdi. Odamlar shu serialni kutishyapti va ko‘rishyapti. Serial ma’nosi nima haqida desam: bitta ayol bor, u basharotchi bo‘lgan va g‘aybni bilgan deyishdi. Eng achinarlisi uni musulmonlikni da’vo qilgan o‘zbeklar tarjima qilib, ovoz berishyapti. Tovba, odamlarimizga nima bo‘lgan?! G‘aybni faqat Alloh biladi, biz bandalar ojizmiz-ku! Xalqimiz orasida ming afsuslar bo‘lsinki dinimiz suslashyapti. Barcha qabihliklar islomga rioya qilmaslikdan. Telivizordagi bu serialga din ulamolarimiz nega fikr bildirishmayapti? Uni bolalar ko‘rib, e’tiqodi buzilmaydimi? Iymoni bo‘lgan insonga bu g‘azab berayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sog‘lom millatni buzishni maqsad qilgan kishilarning ishidir. U kinoni efirga berish ham ko‘rib tasdiq qilish ham harom ish. Ulardan ta’sirlanib e’tiqodi buzilgan kishilarning gunohi o‘sha filmni namoyish qiluvchilarning zimmasida bo‘ladi. Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi: إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ وَاللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ۝ 19. Albatta, iymon keltirganlar ichida fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, siz esa bilmassiz. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:24 | Савол-жавоблар | 183 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar