Mezoterapiya

Assalomu alaykum! Bu mavzu bo‘yicha qidiruv hizmatidan 1 ta javob topdim ammo savolimga to‘liq javob topa olmaganim uchun yana bir bor shu haqida so‘rashni joiz deb topdim. Chunki bu masala hozirgi kunda ko‘pchilik ayollar orasida dolzarb, qiziqib izlanayotgan mavzulardan biriga aylangan. Mezoterapiya muolajasini o‘zim hali qilib ko‘rmaganman. Lekin shunga extiyoj sezayotgandayman. Yoshim 28 da 4 ta farzandim bor. Uy bekasiman. Tug‘ruqlardan so‘ng yuzim anchagina osilib, dog‘lar tushib, juda qurib, terilari ko‘chib, ajinlar borgan sari ko‘payib boryabdi. Undan tashqari husnbuzarlar ham chiqadigan bo‘lib qolgan. Turmush o‘rtog‘imga bunday ko‘rinishim umuman yoqmayabdi. Atrofimdagilar ham buni menga gapiradigan bo‘lib qolishgan. Kasmetolog maslahatidan keyin "Piling", "Mezoterapiya" muolajasi va "Gealuronovaya kislota" lardan menga samarali yordam berishini, yuzim avvalgi holiga qaytishini tushundim, lekin uni tarkibidagi mahsulotlar halolmi yo‘qmi, va umuman bu muolajani qildirishi joizmi shunga muhtoj ayollar. Iltimos shu masalaga chuqurroq oydinlik kiritib bersangiz sizlardan minnatdor bo‘lar edim. Telegramga ham joylashingizni iltimos qilardim. Oldindan katta rahmat. Sizlardan Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tarkibida harom narsalar bo‘lmasa, monelik yo‘q. Bu jarrohlik yo‘li bilan biron a’zoni olib yuborish darajasida bo‘lsa, mutlaqo joiz emas. Mezoterapiya - terining derma qavatida vitaminlar, kollagen, elastin moddalari va umuman teri oziqlanishi uchun zarur moddalarning zaxirasini xosil qilish uchun in’ektsiya(ukol) yordamida muolaja qilishdir. Bu usulga frantsuz olimi Lui Paster asos solgan. Bu tur in’ektsiyalar asosan emlash uchun qo‘llaniladi. Aslida to‘g‘ri parvarish qilingan yuz terisida bunga muxtojlik bo‘lmaydi. Terining satrda, tahoratda davomli bo‘lishidek uni doimiy quyosh ultrabinafsha nurlari va namlik yo‘qotish(suvsizlanish) muammolaridan saqlaydi. Amerika olimlari e’tirof etishlaricha: Evropa ayollarida terining barvaqt qarishi va rak bilan kasallanishi shark(musulmon davlatlar) ayollari terisi xolati bilan solishtirilganda ajoyib natija yaqqol ko‘zga tashlangan. Muslima ayollar ichida terining ayni  holati sohibalarining biologik yoshlaridan ancha yosh. Hozirda nixoyatda ingichka diametri 34G keladigan ignalar bilan shprits yordamida mezoterapiya qilish mumkin. Asosiy ishlab chiqaruvchi -Yaponiya. Xulosa qilib aytganda mezoterapiyadan foydalanish mumkin. Ammo shartlari bor: Preparat tarkibida vitaminlar, mikro-makroelementlar tutsa bexavotir. Ammo gialuron kislota, elastin, kollagen va bir qancha boshqa moddalar hayvondan olinishi bor. Aslida fizioterapiya, massaj, davolovchi, oqartiruvchi, yoshartiruvchi turli niqoblarni to‘g‘ri tanlab davomiy bajarish zo‘r natija beradi. Dangasa ayollar buni qilgisi kelmay ta’siri 6-8 oygacha etishi uchun og‘riqli va qimmat bo‘lsada ukollarga murojaat qilishyapti. Afsus... Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 06:35 | Савол-жавоблар | 182 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar