Asalning ushuri qanday xisoblanadi?

yalpi olingan xosildan o‘ndan bir qismi ushurga berilgan bo‘lsa yil bo‘yi qilingan xarajatlar chiqarib tashlanaib hisoblanadimi yoki yo‘qmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitob o‘qimaganingiz va ushbu saytdagi ma’lumotlar bilan tanshimaganingiz uchun shunday bo‘lgan. Bu haqda kitob chiqqaniga va ushbu saytga yozilganiga bir necha yillar bo‘ldi. Siz bo‘lsangiz buni savol qilib so‘rab yuribsiz. Sizning dangasaligingiz menga qimmatga tushadi. Zarur ishlarimni qo‘yib, o‘zim bir necha yillar oldin narsalarni sizga topib berishga majbur bo‘laman. Chunki siz o‘zingiz topishga urinmaysiz. “Hadis va Hayot” silsilasining “Zakot kitobi”da quyidagilar kelgan: Ulamolar esa «Hanafiy va Hanbaliy mazhablarining dalillari kuchli, asaldan ushr olinadi», deydilar. Albatta, asalni olguncha ketgan sarf-xarajatlarni chiqarib tashlab, qolgan sof daromaddan ushr chiqariladi.

26 Май 2022, 23:42 | Савол-жавоблар | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar