Inson tanasiga jin kirishi haqida hadis

Ba’zi olimlar hadislar asosida inson ichiga jin kirishini tasdiqlayaptilar. Usmon ibn Abul Osdan rivoyat qilinadi: U kishi aytadi: Men Rosululloh (s. a. v)ga Qur’onni esdan chiqarib qo‘yayotganim haqida shikoyat qildìm. Shunda u zot qo‘llari bn ko‘kragimga urib dedilar: Ey shayton! Usmonni ko‘kragidan chiq! . Usmon dedi: Shundan so‘ng men Qur’ondan hech narsani esimdan chiqarmadim, uni zikr qilishni yaxshi ko‘rib qoldim. {TABARONIY, AL-MÖ’JAMUL KABIYR} va isnaduhu hasan. Bu hadisda shayton insonga u hatto xolis mo‘min bo‘lsaham goho yopishishi va uning ichiga kirishiga ochiq dalil bor deydilar. Hurmatli Shayx hazratlari bu fikrlar to‘g‘rimi ?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadisda shayton deyilgan siz jin demoqdasiz. O‘sha domlalar nima uchun avvalroq ushbu hadisni dalil qilmay, ayni endi dalil qilishmoqda ekan, so‘rab ko‘ring ulardan.

28 Апрел 2022, 08:57 | Савол-жавоблар | 171 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar