Fozil kori raxmatulloxi alayxi tutgan yul
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Sizga muxim bir masalada savol bilan murojaat kilmokdamiz.Ma’lumki, yurtimizda ma’lum bir sabablarga kura bemazxablik va boshka mazxabga taklid kiluvchilar faoliyati tarkalib koldi. Kupchilikda ilgari ixtilof kilinmay bajarayotgan amallarida shubxalar tugiladigan darajaga bordi. Albatta bunday vaziyatda ulamolarimizga murojaat kilinadi. Men raxmatlik Fozil kori Yosin kori ugillarining audio ma’ruzalarida shunday mazmunda suzlaganlari eshitdim. U kishiga bir namozxon savol bilan murojaat kildi. U bir chekka maxalla yoki kishlok masjidida namoz ukirkan. Imom ominni jaxriy aytib, rukuga ketayotib va kaytayotib kulini xam kutarar ekan. Bu savolga kori aka shunday javob berdilar: "Tugri bizni Movarounnaxr musulmonlari Abu Xanifa r.alayx mazxablariga amal kilib kelishardi. Endi xadis ilmi rivojlandi. Nabiy s.a.v ning ominni jaxriy aytganlari, kullarini kutarib namoz ukiganlari ma’lum buldi. Endi men nima deyishim kerak, unday kilma deyishim kerakmi? Usha xadisni uchirib tashlada, keyin menga gapir. Kanday kilib men ominni jaxriy aytma, rukuda kulingni kutarma, deb aytaman. Axir xadis borku! Nima keragi bor ixtilof chikarishni. Men murosani yoktiradigan imomman.Kadrli ustoz! Xozir vaziyatimizda imomlarga, kolaversa ilm yuliga kirgan tolibi ilmlarga kanday maslaxat berasiz. Yukoridagi kabi Fozil kori aka singari yul tutish maksadga muvofikmi yoki ularga raddiya berish bilan shugullanish kerakmi?Javobingiz uchun tashakkur! Xurmat va extirom bilan talabangiz Umidjon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hanafiy mazhabidagi gaplar barchasi Qur’oni Karim va hadisdan olingan. Hadislarda bir amalni bir necha xil bajarilgani mavjud. Oddiy kishilar ularni farqlay olmaydilar. Shuning uchun imomlarning ko‘rsatmmasiga amal qilishsa oson bo‘ladi. Bemazhablar shu oddiy haqiqatni tan olmaydiganlardir. Oqibatda o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham tashvishga qo‘yadilar. Ularga raddiya berish kerak.
28 Апрел 2022, 09:08 | Савол-жавоблар | 145 | Boshqa ibodatlar