Mahram haqida
Assalomu alaykum! Akamning ayoli menga nomahram bo‘ladimi? Agar nomahram bo‘lsa, ziynatlarini ko‘rsatishlari yoki bir dasturxon atrofida o‘tirishlari mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nur” surasi 31-oyatida marhamat qilib : وَقُل لِّلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَى جُيُوبِهِنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ آبَائِهِنَّ أَوْ آبَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَائِهِنَّ أَوْ أَبْنَاء بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي إِخْوَانِهِنَّ أَوْ بَنِي أَخَوَاتِهِنَّ أَوْ نِسَائِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُنَّ أَوِ التَّابِعِينَ غَيْرِ أُوْلِي الْإِرْبَةِ مِنَ الرِّجَالِ أَوِ الطِّفْلِ الَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُوا عَلَى عَوْرَاتِ النِّسَاء وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ وَتُوبُوا إِلَى اللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَا الْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ Mo‘minalarga ayt: «Ko‘zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, zohir bo‘lgani mustasno. Ro‘mollarini ko‘kslariga to‘sib yursinlar. Erlaridan, yo otalaridan, yo erlarining otalaridan, yo o‘g‘illaridan, yo erlarining o‘g‘illaridan, yo aka-ukalaridan, yo aka-ukalarining o‘g‘illaridan, yo opa-singillarining o‘g‘illaridan, yo ayollaridan, yo o‘z qo‘llarida mulk bo‘lganlardan, yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilardan, yo ayollar avratining farqiga bormaydigan yosh bolalardan boshqalarga ziynatlarini ko‘rsatmasinlar. Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Barchangiz Allohga tavba qiling, ey mo‘minlar! Shoyadki, zafar topsangizlar». (“Tafsiri Hilol” kitobidan).
Oyatdagi “boshqalarga ziynatlarini ko‘rsatmasinlar”dagi “boshqalar” safiga erining aka-ukalari ham kiradi. عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ. فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: الْحَمْوُ الْمَوْتُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayollarning oldiga kirishdan ehtiyot bo‘ling!» dedilar.
Shunda bir odam:
«Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.
«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u zot».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech bo‘lmaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Uyda mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bunday holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas.
Ba’zi birlar da’vo qilganlaridek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan, «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ular do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman, boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi?
Ba’zi bir kishilar «Uyga erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi. Zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotinning oldiga kirsa nima bo‘ldi?» deyishadi.
Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U zot bu ish o‘lim bilan barobar ekanligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, bu nihoyatda xatarli ish, debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas.
Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygan yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 09:19 | Савол-жавоблар | 176 | Oila va turmush