Tavba va istig‘for

Shayx xazratlari, Alloh :jj ilmingizni ziyoda etin, umringizga va qilayotgan ishlaringizga baraka bersin va inshAlloh sizu bizni rasululloh :sawni suhbatida bulishlikni va Alloh :jjni jamolini kurishlikni nasib etsin.Savol: , bir yaxshi ulamoning maruzasini eshitishim davomida u kishini kuchli ulamolarning istig‘for va tavba so‘zlarini farqi haqida shuday deganlar dedilar; istig‘for - bu avval qilib utgan gunohlar uchun Alloh :jjdan kechirim so‘rash, tavba esa - bu kelajakda buldigan gunohlarimiz uchun kechirim surash dedilar. men arab tilini juda boy til ekanligida bu ikki so‘z bir manoni anglatadi deb yurar edim. Sizdan shu haqda surashlikni lozim kurdim, sizni bu kabi savollar bilan vaqtingizni olgan bulsam ming bor uzr surayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
‎- Istig‘forning lug‘aviy ma’nosi, berkitish va ustini ‎yopishdir. Alloh mag‘firat qildi, degani gunohni berkitdi ‎deganidir. Istig‘for (gunohning kechirilishini) ‎so‘rashdir.‎Istig‘for ulamolar istilohida gunohning mag‘firat ‎qilinishini duo, tavba va boshqa toatlar ila so‘rashdir.‎Amalda banda tilida «astag‘firulloh» va shu ‎ma’nodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdikdashi ‎istig‘fordir. Umumiy ma’noda esa, istig‘for dindorlikni ‎ifoda etadi.‎Aslida oddiy holatlarda istig‘for aytish mandubdir.‎Gohida istig‘for aytish vojib bo‘ladi. Misol uchun, ‎ma’siyat sodir bo‘lgandan keyin.‎Gohida istig‘for aytish haromga aylanib qoladi. ‎Misol uchun, kofirlarga istig‘for aytish.‎Bandadan talab qilingan istig‘for gunohni tark ‎etishdir. O‘sha ma’no kishining qalbida sobit bo‘lishidir. ‎Garchi tili bilan talaffuz qilmasa ham.‎Tili bilan istig‘for aytsa-yu, o‘zi gunohda bardavom ‎bo‘lsa, istig‘for aytishga loyiq ish qilgan bo‘ladi.‎Bayhaqiy va Ibn Asokirlar rivoyat qilgan xabarda:‎‎«Gunohdan tavba qiluvchi xuddi gunohi yo‘kdekdir. ‎Gunohiga istig‘for aytib turib, uni davom ettiravergan ‎Robbisini masxara qilgandekdir», deyilgan.‎Tili bilan istig‘for aytgan odam ma’noniqalbida ham mulohaza qilishi lozim. Agar bunga qodir ‎bo‘lmasa, istig‘for aytishni tili bilan davom ettirib, ‎iloji boricha qalbi bilan mulohaza qilishga urinadi.‎Istig‘for aytishning siyg‘alari ko‘p. Eng mashhuri ‎‎«Astag‘firulloh» deyish. Istig‘forning «Allohummag‘fir ‎lii, Robbig‘fir» kabi siyg‘alari ham bor.‎Ko‘pchilik tomonidan ixtiyor qilingan istig‘for ‎siyg‘asi Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi rivoyat ‎qilgan sayyidul istig‘fordir:‎‎«Allohumma anta robbii. Laa ilaha illa anta. ‎Xolaqtanii. Va ana abduka. Va ana ala ahdika. Va va’dika ‎mastato’tu. A’uzu bika min sharri maa sona’tu. Abu’u ‎laka bi ne’matika alayya. Va abu’u bi zanbii. Fag‘fir lii. ‎Fa innahu laa yag‘firuz-zunuba illaa anta».‎Ma’nosi: «Allohim! Sen Robbimsan! Sendan o‘zga ‎ilohi ma’bud yo‘q. Sen meni xalq qilding. Men Sening ‎bandangman. Men qodir bo‘lganimcha Sening axding va ‎va’dangdaman. Sendan o‘zim qilgan narsalarning ‎sharridan panoh tilayman. Sening menga bergan ‎ne’matingni e’tirof qilaman. Senga gunohlarimni ham ‎e’tirof qilaman. Meni mag‘firat qil. Sendan boshqa hech ‎bir zot gunohlarni mag‘firat qilmas».‎Istig‘forning eng afzal siyg‘alaridan biri ‎‎«Astag‘firullohal aziyma allazii laa ilaha illaa huva ‎al-Hayyya al-Qayyuma va atubu ilayhi»dir.‎Istig‘for aytish uchun albatta gunoh qilgan bo‘lish ‎shart emas. Balki istig‘for o‘zi marg‘ub narsadir. ‎Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ma’sum bo‘lsalar ‎ham, doimiy ravishda istig‘for aytganlar.‎‎«Tavba» so‘zi arab tilida «qaytish» ma’nosini ‎anglatadi. Bandaning gunohdan qaytishi ham tavba deb ‎atalgan.‎Ulamolar tavbaning shar’iy ma’nosi haqida bir-‎birini to‘ldiruvchi va ta’kidlovchi bir necha ta’riflarni ‎aytganlar.‎Rog‘ib: «Shariatdagi tavba — yomonligi uchun gunohni ‎tark qilish, o‘zidan o‘tgan kamchilikka nadomat qilish, ‎gunohni yana takrorlamaslikka azm qilish va imkoni bor ‎ishlarni qaytadan qilishdir», degan.‎Jurjoniy: «Tavba — qalbdagi gunohda davom etish ‎tugunini echib, Allohga qaytish va Robbning barcha ‎haqlarini ado etishdir», degan.‎Ba’zilar: «Tavba — e’tirof, nadomat va gunohdan ‎uzilib chiqishdir», deganlar.‎Boshqalar: «Tavba — qilingan ma’siyatga bu ishning ‎ma’siyat bo‘lganligi uchun nadomat chekish va uni ‎qaytarmaslikka azmu qaror qilishdir», deganlar.‎‎«Ta’rifot» kitobining sohibi tavbaning ma’nosi va ‎turlari haqida jumladan quyidagilarni keltirgan:‎‎«Tavbaning ma’nosi uchtadir. Birinchisi — nadomat ‎qilish. Ikkinchisi — Alloh qaytargan narsadan qaytishga ‎azmu qaror qilish. Uchinchisi — zulmlarni o‘rniga ‎qaytarish uchun harakat qilish».‎Tavbaning turlari:‎‎1. Inoba tavbasi Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib ‎qilingan tavbadir.‎‎2. Alloh taoloning yaqinligidan uyalib qilingan ‎tavba.‎‎3. Fosid tavba faqat til bilan qilingan tavbadir.‎‎4. Sahih tavba bandaning gunoh qilishi bilan darhol ‎o‘zini bilib, undan qaytishidir.‎‎5. Nasuh tavba.‎Ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, nasuh tavba ‎bo‘lishi uchun to‘rt narsa: qalb ila nadomat qilish, til ila ‎istig‘for aytish, gunohni takrorlamaslikka azmu qaror ‎qilish va yomon hamsuhbatlardan uzoqlashish lozimdir.‎Hadislardan birida bunday rivoyat qilinadi:‎‎«Islom o‘zidan avvalgi gunohlarni yuvib yuboradi, ‎tavba ham o‘zidan avvalgi gunohlarni yuvib yuboradi». ‎Ya’ni, bir kishi avval gunoh ishlarqilib yurgan bo‘lsa-yu, keyin musulmon bo‘lsa, avvalgi ‎gunohlari musulmon bo‘lishi bilan o‘z-o‘zidan yuvilib ‎ketadi.‎Shuningdek, bir musulmon kishi bilmasdan gunoh ‎ishni qilib yursa-yu, keyin tushunib etib, tavba qilsa, ‎ya’ni chin ko‘ngildan nadomat qilsa va o‘sha ishni qaytib ‎qilmaslikka ahdu paymon etsa, bilmasdan qilgan avvalgi ‎gunohlari yuvilib ketadi. Xolis tavba eshigining ochib ‎qo‘yilishi siz bilan biz uchun Allohning katta ‎ne’matidir.‎Ko‘rinib turibdiki, istig‘for va tavba haqida ‎sizning savolingizda kelgan gaplar barchasi ‎behudadir. ‎

28 Апрел 2022, 09:19 | Савол-жавоблар | 289 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar