Dam solish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir insonni bilaman, u tajvidsiz dam soladi. Suralarni tajvidsiz o‘qib dam solish mumkinmi?
2. Dam solganda bir burda nonni dam soldiruvchi boshidan aylantiradi, keyin shu nonni itga berishni buyuradi, shunday qilishi mumkinmi?
3. Yana qo‘rqoq qilaman deb, dam soldirgani kelgan insonni navda bilan og‘riqsiz savalaydi. Shu ishlari to‘g‘rimi? U meni yaqin insonim, uning ishi noto‘g‘ri bo‘lsa, sizlar bergan javobga asoslanib, uni bu ishidan ogohlantiraman. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohni "Hadis va Hayot" kitobidan “Tib va dam” juzini o‘qing. Unda batafsil yozilgan. Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 09:52 | Савол-жавоблар | 166 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar