Xalqaro Birjalar va Valyuta birjasi (Forex)

Assalomu-Alaykum, avalam bor bunday mavzudagi savol bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman, Shayh janoblari sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan savolim Birja ishlari haqida, albatta bunday mavzuga duch kelgandirsiz shunday bo‘lsada bu ish haqida bir oz tushuncha berib o‘tishni joiz deb topdim.Birja - bozorga o‘hshash oldi sotdi jarayoni kechadigan joy, birjalar turli hil bo‘ladi, fond, valyuta, metal, indeks, va boshqa birjalar mavjud, Ulardan eng keng ko‘p tarqalgani Fond va Valyuta birjasi.Valyuta birjasi boshqacha nomi Forex, Valyuta birjasida sotib olinadigan buyum ham pul unga to‘lanadigan haq ham pul, buni ko‘proq pul almashish shahobchasiga o‘hshatsa bo‘ladi, man so‘mni dollarga aylantirdim, bir oz vaqt o‘tgandan keyin kimgadir dollar kerak bo‘ldi unga sotdim, albatta qimatroq o‘rtadagi tafovut esa manga foyda tariqasida keladi. Ana shunday jarayon butun jahon miqyosida qonuniy ravishda olib boriladi. Bunda dunyo banklari va har xil Katta kompaniyalar ishtirok etadi. Dollar yoki boshqa valyuta ko‘tarilish yoki tushushini, har xil habarlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shu davlatning iqtisodiy holati orqali aniqlanadi va shu asosda ishlanadi.Bu ishda qimorga o‘hshab oldindan fol ochishlar bo‘lmaydi, hamma narsa qoida va ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi, to‘g‘ri ba‘zi vaqtlarda qanday bo‘lishini bilib bo‘lmay qoladi. Shunday vaziyatda kutish orqali chiqib ketiladi.Savol: Bunday ishlar Islom qoidalariga to‘g‘ri keladimi, bundan olingan foyda halolmi?Oldindan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunda qo‘lma-qo‘l oldi-berdi yo‘qligi uchun mumkin emas.

28 Апрел 2022, 09:41 | Савол-жавоблар | 139 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar