Namozda niyat
Hurmatli Shayx hazratlari, bizga dinimizni osonlashtirgan va foydalanishimiz uchun behisob ne’matlarni (jumladan ushbu forumdan foydalanish imkoniyatini) bergan Allohga hamdlar, Uning oxirgi Rasuliga salom va salovatlar bo‘lsin.Allohdan Sizning amallaringiz ajrlarini to‘liq qilib berishini va O‘z fazlidan ham ziyoda qilishini so‘rab, Sizdan quyidagi holatning hukmini so‘ramoqchi edim:Savol: Namozda niyat qanday qilinadi?Bizga yoshligimizda avval fors tilida qilasizlar deb, keyinchalik hohlagan tilingizda takbirdan oldin [u]“Holis Alloh uchun, qiblaning bir chetiga yuzlanib, xxxx namozining xxxx rakat farzini/sunnatini (imomga iqtido qilib) o‘qishni niyat qildim”[/u] deb aytishlikni o‘rgatishgan.Yaqinda bir [url=https://islomolami.’om/?p=489]saytda[/url] "Har bir namozdan oldin pichirlab yoki ovoz chiqarib niyat qilish bizning yurtimizda ayniqsa keng tarqalgan bu odat – bida’tdir. Rasulalloh s.a.v. hech qachon bunday qilmaganlar. Ibn Al-Qayyim aytadi: “[u]Rasulalloh s.a.v. namozga tursalar “Alloh Akbar” deb takbir aytardilar va boshqa hech narsa aytmasdilar, ovoz chiqarib niyat ham qilmasdilar. U zot s.a.v. : “Holis Alloh uchun, qiblaga yuzlanib, to‘rt rakat namozni imom bo‘lib yoki imomga iqtido qilib o‘qishni niyat qildim” ka’bi gaplarni aytmaganlar. Bunday qilganliklari haqida birorta sahih, zaif, musnad yoki mursal hadis ham rivoyat qilinmagan.[/u]” (Al-Huda An-Nabaviy). Demak har bir namozdan avval ma’lum bir so‘zlar bilan niyat qilishlik ham bid’atlardan ekan. Niyat kishining qalbida bo‘ladi. Masalan kishi asr (yoki boshqa) namozini ado qilish uchun tahorat oldi, so‘ngra masjid sari qadam qo‘ydi, masjidga kelib iqomani eshitib saf tortdi, shularning o‘zi niyat emasmi?" degan matnni o‘qidim. Hurmatli Shayh hazratlari, shu holatning hukmini bildirsangiz, oldindan tashakkur.----------------...bir-birlarini haqga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Niyat so‘zi qasd qilish ma’nosini bildiradi.Shariatda, qalbning Allohga qurbat hosil qilish uchun ibodatni ado etishga azmu qaror qilishi niyatdir.Tahorat qilishdan oldin uni niyat qilmoq ham sunnatdir. Bunda qalb ila tahoratni yoki betahoratlikni ketkazishni yoxud tahoratsiz ado etib bo‘lmaydigan ibodatni qasd qilinadi. Niyatni til bilan aytish mustahabdir. Namozxon takbiri tahrimani aytishdan oldin bevosita niyat qilishi kerak. Agar yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan bo‘lsa, qaysi namozni o‘qiyotganini qasd qilib turib takbiri tahrimani aytishi lozim. Agar imomga iqtido qilayotgan bo‘lsa, o‘sha iqtidosini niyat qilishi kerak. Imom bo‘lsa niyatida o‘qiyotgan namozini ta’yin qiladi. Chunki Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Umar roziyallohu anhudan ko‘pchilik muhaddislarimiz rivoyat qilgan hadisda:«Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir», deganlar.Niyat bilan ibodatlar odatlardan farqlanadi. Qasdini talaffuz qilsa afzal bo‘ladi.Ya’ni, niyatini tili bilan aytsa, yaxshi bo‘ladi. Aytmasa, o‘zining ishi.
20 Апрел 2022, 19:59 | Савол-жавоблар | 171 | Boshqa ibodatlar