Namozdan keyin salavot aytish
Assalomu alaykum! Hurmatlik ustozlar, nima uchun ba’zi masjidlarda namoz oxirida salavot aytiladi ba’zilarida aytilmaydi? O‘zi salavot aytish kerakmi? Bizning masjiddagi domla “duo qilingandan keyin er bilan osmon o‘rtasida duo muallaq turardi, salavot aytgandan keyin u osmonga ko‘tariladi” dedilar. Shunday bo‘lsa nimaga ba’zi masjidlarda o‘qilmaydi?
2). “Innaka la tuhlifun miaad”ning ma’nosi nima?
3). Sizlardan iltimos dardimga shifo berishini so‘rab Allohdan duo qilib beringlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Har bir duo qiluvchi duosining oxirida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytib tugatadi. Alloh taolo “Ahzob” surasida marhamat qiladi: إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا 56. Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yo‘llang. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ أَحَدٍ يُسَلِّمُ عَلَيَّ إِلَّا رَدَّ اللهُ عَلَيَّ رُوحِي حَتَّى أَرُدَّ عَلَيْهِ السَّلَامَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالبُيْهَقِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga salom bersa, albatta, Alloh menga ruhimni qaytaradi va men unga alik olaman», dedilar». Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyat qilganlar. Lekin salovat aytishni biror vaqtga chegaralangan emas. Namozdan keyin aytuvchilar imom ommaga salovat aytish ta’limini berish uchun bo‘lsa joiz. Namozga tegishli ishlardan deb bilish nojoiz. Aytganni ham ham aytmaganni ham malomat qilish to‘g‘ri emas. 2). “Sen aslo va’daga xilof qilmassan” degani. 3). Alloh shifo bersin. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 10:25 | Савол-жавоблар | 194 | Dolzarb savollar